Majlisda Senatning öttiz yettinçi yalpi majlisini 2023 yilning  2 mart kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi.

Qayd etilganidek, video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda ötkaziladigan mazkur yalpi majlisda bir qator qonunlar va masalalarni muhokama qiliş rejalaştirilgan.

“Raqobat töğrisida”gi, “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik belgilanişi munosabati bilan Özbekiston Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar kiritiş haqida”gi, “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida”gi, “Davlat boji töğrisida”gi Qonuniga qöşimça kiritiş haqida”gi qonunlar şular jumlasidandir.

“Özbekiston Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi, “Moliyaviy iste’mol krediti beriş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan “Iste’mol krediti töğrisida”gi Qonunining 15-moddasiga özgartiş kiritiş haqida”gi, “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining samarali himoya qilinişini ta’minlaş böyiça qöşimça çoralar körilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi hamda “Özbekiston ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonunlar muhokama qilinadi.

Senatorlar Oliy Majlis Senatining 2022 yildagi faoliyati va 2023 yilga möljallangan ustuvor vazifalari borasidagi masalani körib çiqadi hamda Inson huquqlari böyiça Özbekiston milliy markazi direktorining Özbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilişi holati haqidagi axborotini eşitadi.

Yalpi majlisda Senat Kengaşining qarorlarini tasdiqlaş ham nazarda tutilgan.