Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 28 fevral kuni taxminan soat 08:20 larda avtobus haydovçilari - 1995 yilda tuğilgan M.M. va 1991 yilda tuğilgan N.B. Yaşnobod tumani Izzat köçasida yöl talaşib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan.
Mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani IIO FMB tomonidan M.M. va B.N.ga nisbatan Özbekiston Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
"Hurmatli haydovçilar, yöllarda harakatlanayotganingizda nafaqat özingiz, balki yölovçilar va piyodalarning hayoti uçun ham mas’ul ekanligingizni unutmang. Yöllarda harakatlaniş madaniyatiga rioya eting!" - deyiladi IIBB xabari.
















