Ta’kidlanişiça, 2022 yilda Senat tomonidan 79 ta qonun körib çiqilgan hamda ularning 8 tasi rad etilgan. Qonunlarni tizimli tahlil qiliş va ularni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş amaliyoti davom ettirilib, 20 dan ortiq qonun ijrosi, huquqni qöllaş amaliyoti va qonunosti hujjatlarining qabul qilinişini monitoring qiliş yakunlari böyiça hukumat oldiga tegişli vazifalar qöyilgan.
“Parlament nazorati doirasida Senat yalpi majlislarida hukumat, vazirlik, idora va taşkilotlar rahbarlari, hokimlarning hisobot va axborotlari yuzasidan 27 ta eşituv ötkazdi.
Har çorakda hukumatning hamda moliya vazirining Davlat dasturi ijrosining borişi va Davlat budjeti ijrosi töğrisidagi hisobotlari muhokama etildi.
Senatorlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholining haqli e’tirozlariga sabab bölayotgan masalalarni örganişga alohida e’tibor bergan holda, örganiş yakunlari böyiça mingga yaqin masala hal etiş uçun hukumatga kiritildi. Mazkur takliflar asosida 2023 yilgi Davlat budjeti parametrlari va investitsiya dasturlari doirasida 1,2 trln sömdan ortiq mablağ ajratilişiga erişildi”, — deyiladi Senat xabarida.

"8 ta qonun rad etildi. Aytiş lozimki, bu raqam ortida şunçaki qaytarilgan qonunlar soni emas, balki qonunlarning avvalo aholi va hududlar manfaatlariga qay darajada mosligi nuqtai nazaridan ötkazilgan çuqur tahlillar yotibdi.
Bu jarayonda mahalliy Kengaşlar, qömitalar huzuridagi salohiyatli ekspert guruhlari ham faol iştirok etayotgani, qolaversa keng jamoatçilik fikri inobatga olinayotganini alohida ta’kidlaş lozim" deydi Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Qayd etilişiça, ötgan yilda hukumat a’zolariga 5 ta parlament sörovi yuborilgan. Jismoniy va yuridik şaxslarning 17,1 ming murojaati körib çiqilib, 6,5 mingga yaqin murojaat alohida nazoratga olingan.

















