Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Rossiyani Ukrainaga qarşi bosqinçilik uruşini töxtatişga çaqirdi. «Bu uruşni töxtating. Xalqaro tartibimizni buzişni bas qiling. Ukraina şaharlari va tinç aholini bombardimon qilişni bas qiling», - dedi u Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga 2 mart, payşanba kuni Nyu-Dehlidagi G20 konferensiyasida şaxsan murojaat qilib. 

«Bu zalda tinglaş uçun kelganingiz yaxşi. Bu uruşni töxtating. Bir oy yoki bir yildan keyin emas, bugun. Otasidan, ukasidan, onasidan yoki bolasidan ayrilgan har bir oila butun dunyodan ayriladi. Kuçlilar kiçik qöşniga hujum qiliş huquqiga ega emas», dedi Berbok. Ötgan yili Lavrov tanqidlarni eşitmaslik uçun G20 yiğilişini öz nutqidan söng darhol tark etgan edi.

«Şubhasiz, hatto Rossiya tomoni ham Rossiya bu uruşni boşlamagan degan yolğon da’volar işonarli emasligini va biror joyga borib, yolğon gaplar tarqatib, keyin darhol çiqib ketişni yaxşi strategiya deb bölmasligini tuşunib yetdi», — dedi Germaniya taşqi işlar vazirligi rahbari. 

Annalena Berbokning qayd etişiça, G20 davlatlari orasida Ukrainadagi uruş haqida turliça fikrlar mavjud. «Biroq, bizni birlaştiradigan narsa bu dunyoda Rossiya uruşi ijobiy oqibatlarga olib keladigan biron narsa yöqligini tan olişdir», deya qöşimça qildi u va Rossiyaning özi uruşdan aziyat çekayotganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, bundan minglab odamlarning Rossiyani tark etişi va mamlakatning iqtisodiy körsatkiçlari guvohlik beradi. 

«Mana, G20 stolida 19 davlat bu uruşni töxtatiş kerakligini oçiq aytdi. Ularning barçasi oxir-oqibat tinçlikni xohlaşlarini aytdi», dedi Berbok.