Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Boku şahrida Qöşilmaslik harakati Muloqot guruhining sammitida nutq sözladi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev raisligida ötgan tadbirda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Iroq prezidenti Abdullatif Jamol Raşid, Liviya prezident kengaşi Raisi Muhammad Yunus Al-Manfi, Bosniya va Gersegovina prezidiumi raisi Jyelka Tsviyanoviç, şuningdek, Kuba vitse-prezidenti Salvador Mesa, Gabon vitse-prezidenti Roz Raponda, Tanzaniya vitse-prezidenti Filip Mpango hamda Jazoir boş vaziri Ayman bin Abdurahmon iştirok etdi.
Xalqaro taşkilotlar tomonidan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasi 77-sessiyasi raisi Çaba Kyoryoşi, BMT boş kotibining örinbosari Tatyana Valovaya, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti boş kotibi Xusrav Noziriy, Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi Kubaniçbek Omuraliyev, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş boş kotibi Qayrat Saribay, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijroçi kotibi Olga Algayerova, Xalqaro migratsiya taşkiloti boş direktori Antonio Vitorino, Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik boş direktori Rafael Grossi va Jahon turizm taşkiloti boş kotibi Zurab Pololikaşvili qatnaşdi.
Kun tartibiga muvofiq, COVID-19 koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yengib ötiş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalari hamda pandemiyadan keyingi global tiklaniş davrida barqaror rivojlanişning boşqa dolzarb muammolari muhokama qilindi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev öz nutqida sönggi yillarda insoniyat pandemiyaga qarşi kuraşiş iqlim özgarişi, tabiiy ofatlar va texnogen fojialarning oqibatlarini ham öz boşidan ötkazayotgani bilan boğliq tahdid va xatarlarni qayd etdi.
«Bu muammolarning kölami tobora kengayib, ular nafaqat ayrim davlatlar, balki butun bir mintaqalarning xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti uçun jiddiy xavf solmoqda», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu munosabat bilan Özbekiston 2030 yilga qadar möljallangan Senday hadli dasturining asosiy maqsadlariga erişiş böyiça Global platforma faoliyatini yanada kuçaytiriş tarafdori ekani ta’kidlandi.
Bu kabi favqulodda holatlar sabablarini çuqur örganiş hamda ofat oqibatlarini samarali bartaraf etiş maqsadida Özbekiston prezidenti Qöşilmaslik harakatining maxsus monitoring va ilmiy tadqiqot tarmoğini taşkil qilişni taklif etdi.
Pandemiyadan keyingi davrda geosiyosiy va mafkuraviy ziddiyatlar kuçayib, ularning ta’sirida jahonning turli nuqtalarida yangi notinçlik öçoqlari paydo bölayotgani barçani jiddiy taşvişga solayotgani ta’kidlandi. Bundan taşqari, Yaqin Şarq mintaqasi va Afğonistonda uzoq vaqtdan buyon saqlanib qolayotgan nizolarning global yeçimi hanuz topilgani yöq.


















