«Rossiyadagi Ukraina DRGlari haqida gap-sözlar klassik provokatsiyadir. Ongli provokatsiya. Rossiya boşqa davlatga qilingan hujumni va uruş yil davomida qaşşoqlikni oşirganini qandaydir oqlaş uçun öz xalqini qörqitmoqçi. Ayni paytda, Rossiyada partizanlik harakati kuçliroq va tajovuzkor bölib bormoqda. Öz partizanlaringizdan qörqing», deb yozdi u Twitter’da.

Avvalroq Rossiya OAV DRG göyoki Bryansk viloyatidagi ikki qişloqqa Ukrainadan kirib, odamlarni garovga olgani haqida xabar bergan edi. 

Bryansk viloyati rasmiylari va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati garovga olinganlar haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. Ukraina jamoatçiligi bu xabarlarga öta şubha bilan munosabatda böldi - deyarli hamma voqeani Ukraina rasmiylari bir neça hafta oldin ogohlantirgan provokatsiya deb köryapti. 

Bundan oldin Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz Suşani qişloğida avtomobil öqqa tutilgani, natijada bir kişi halok bölgani va bir bola jarohatlangani haqida xabar bergan edi.