Rossiya Davlat Dumasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişining barça iştirokçilarini, şu jumladan, «köngilli tuzilmalar» jangçilarini «obrösizlantiriş» uçun jinoiy jazolarni nazarda tutuvçi bir qator qonun loyihalariga özgartirişlar kiritdi. Bu haqda 1 mart, çorşanba kuni Rossiya parlamenti quyi palatasi raisi Vyaçeslav Volodin özining Telegram-kanalida ma’lum qildi. U «yolğon ma’lumot» va nafaqat Rossiya armiyasini, balki «Rossiya Qurolli Kuçlari oldiga qöyilgan vazifalarni bajarişga yordam beradigan» köngilli tuzilmalar, taşkilotlar va şaxslarni «obrösizlantiruvçi» har qanday ma’lumot tarqatişni «yöl qöyib bölmaydigan holat» deb atadi.
Rossiya Jinoyat kodeksining ikkita moddasiga «köngillilarni obrösizlantiriş» normasi qöşilişi rejalaştirilmoqda. Birinçi modda (207.3) – «Mamlakat va fuqarolar manfaatlarini himoya qiliş, xalqaro tinçlik va xavfsizlikni saqlaş maqsadida Qurolli Kuçlardan foydalanilganligi töğrisida qasddan yolğon ma’lumotni ommaviy ravişda tarqatiş» – 15 yilgaça bölgan qamoq jazosini nazarda tutadi. Ikkinçi (280.3.) - «Qurolli Kuçlarni obrösizlantirişga qaratilgan ommaviy harakatlar, şuningdek, Rossiyaning davlat organlari tomonidan öz vakolatlarini ma’lum maqsadlarda mamlakat hududidan taşqarida amalga oşirişni obrösizlantiriş» - 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş.
Bundan taşqari, har ikki moddaning 1-qismi böyiça javobgarlikni kuçaytiriş közda tutilgan. Şunday qilib, Jinoyat kodeksining 280.3-moddasi 1-qismida uç yilgaça ozodlikdan mahrum qilişning eng köp jazosi, xuddi şu muddatga muayyan lavozimlarni egallaş yoki muayyan faoliyat bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qiliş bilan belgilanadi. Tuzatişlar bu muddatni beş yilga oşirişni taklif qilmoqda, deb yozadi RBK. Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi 1-qismida eng yuqori jazo – uç yilgaça bölgan muddatga majburiy mehnat yoki xuddi şu muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini beş yillik muddatga almaştiriş taklif qilinmoqda.
Avvalroq Davlat Dumasining Davlat qurilişi va qonunçilik qömitasi «köngillilarni obrösizlantiriş» böyiça tuzatişlarni qöllab-quvvatlaşni tavsiya qilgan edi. Davlat Dumasi raisi ta’kidlaganidek, taklif qilingan tuzatişlar böyiça ikkinçi öqiş 2 mart, payşanba kuni, uçinçi, yakuniy öqiş - 14 mart, seşanba kuni bölib ötadi.


















