Germaniya kansleri Olaf Şols Ukrainada tinçlik örnatiş uçun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkaziş talablarini keskin rad etdi. «Tomoqqa piçoq tiralganda, heç qanday muzokara bölmaydi – qullikdan boşqa», — dedi u 2 mart, payşanba kuni Germaniya Bundestagida Rossiyaning Ukrainaga qurolli bosqini bir yilligiga bağişlangan hukumat bayonotida.
«Ukrainaning özini çetga surgan holda tinçlik örnatib bölmaydi. Rossiya işğoli ostidagi ukrainaliklarni qanday taqdir kutayotganini bilamiz. Tinçlikka intiliş kattaroq qöşniga qul bölişni anglatmaydi. Agar Ukraina himoyalanişni töxtatsa, tinçlik bölmaydi, bu - Ukrainaning oxiri», - deb ta’kidladi Şols.
«Tinçlikka intiliş tajovuzga aniq qarşilik körsatiş demakdir. Aynan şu işni 40 milliondan ortiq ukrainaliklar bir yildan köproq vaqtdan beri qilmoqda. Biz ham şunday qilyapmiz, Ukrainaga kerak bölguniça yordam beramiz», - deydi Germaniya hukumati rahbari.
Olaf Şols Germaniyadagi qator yirik mitinglarda yangragan Kiyevga qurol yetkazib berişni töxtatiş talablarini tanqid qildi. «Agar Berlinda «Uruşga yöq!» deb baqirsangiz va şu bilan birga, Ukrainaga harbiy yordamni töxtatişga çaqirsangiz, tinçlikka erişib bölmaydi», dedi kansler Rossiya işğoli ostida Kramatorsk, Izyum va Mariupolda sodir bölgan voqealarni eslab.
«Jabrlanuvçining irodasiga qarşi tinçlik qabul qilinişi mumkin emas. Bu nafaqat ma’naviy sabablarga köra, balki öz mamlakatimiz farovonligi, Yevropa va butun dunyo xavfsizligi haqida qayğurganimiz uçun ham qabul qilinişi mumkin emas», - deb tuşuntirib berdi Şols.
Olaf Şols, şuningdek, Xitoyni Ukrainaga qarşi uruşda Rossiyaga qurol yetkazib berişdan boş tortişga çaqirdi. «Agressor Rossiyaga qurol yetkazib bermang, öz ta’siringizdan foydalanib, Rossiyani qöşinlarini olib çiqib ketişga majbur qiling», - dedi u.


















