AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Kun.uz'ga bergan intervyusida Amerika qöşinlari çiqib ketganidan keyin Afğonistonda “Tolibon” hokimiyati örnatilgani haqidagi savolga javob berdi.

Blinkenning sözlariga köra, Amerika Afğonistonda “Tolibon” tomonidan töntariş qilinganidan beri ular bilan diplomatik kanallar orqali aloqada bölib turibdi.

“Öşa paytda “Tolibon” mamlakatni qanday boşqarişi va boşqa davlatlar bilan munosabatlarga kirişişi borasida muayyan va’dalarni bergandi.

Dunyo mamlakatlari “Tolibon”dan nima kutayotganini Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Xavfsizlik kengaşida aniq bildirgan: inson huquqlari, ayniqsa ayollar va bolalar huquqlarini himoya qiliş, faqat “Tolibon” emas, hammani öz içiga olgan inklyuziv hukumat tuziş, insonlarning Afğonistonga erkin keliş va ketiş huquqini ta’minlaş, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş şular jumlasidan. Lekin afsuski, biz öşandan beri “Tolibon” teskari yönalişda harakatlanib, öz va’dalarining heç birini bajarmayotganini köryapmiz”, – dedi AQŞ Davlat departamenti rahbari.

Entoni Blinken Afğonistonga eng köp insonparvarlik yordami yuborgan davlat AQŞ ekanini aytib, toliblarni bu yordamni yetkazişni qiyinlaştirayotganlikda aybladi.

“Biz oziq-ovqat, dori-darmon va asosiy vositalar afğonlarga yetib borişi uçun jiddiy çoralar köryapmiz. “Tolibon” insonparvarlik yordamini yetkazişda ayollarning iştirokini taqiqlab qöyib, işimizni qiyinlaştirdi. Umuman, aytib ötilgan yönalişlarning har birida vaziyat yaxşilanib emas, yomonlaşib boryapti”, – dedi u.

Amerika diplomatiyasi yetakçisiga köra, “Tolibon”ga ta’sir körsatişda aholisining aksariyat qismini musulmon taşkil etuvçi mamlakatlar, xususan Özbekiston alohida öringa ega.

“Agar “Tolibon” boşqa mamlakatlar, xususan AQŞ bilan normal aloqalarni yölga qöyişni istasa, nima qilişi kerakligini, dunyo ulardan nima kutayotganini biladi. Öylaymanki, Özbekiston va boşqa musulmon mamlakatlari bu masalada muhim öringa ega, çunki ularning ovozi “Tolibon” uçun bizning yoki boşqa mamlakatlarning ovozimizdan köra ma’noliroq va salmoqliroq bölişi mumkin.

Şunday ekan, biz Özbekiston kabi mamlakatlarning “Tolibon” bilan muloqotga kirişib, boşqa mamlakatlar bilan normal aloqa örnatiş uçun nima qilişlari kerakligini ularga tuşuntirayotganini qadrlaymiz va olqişlaymiz”,