Bolani ona suti bilan boqiş beqiyos darajada foydali va uning ahamiyatini boşqa narsa bilan soliştiriş qiyin. Ona suti bolaning töla potensialda rivojlanişini, immuniteti mustahkam bölişi, kerakli vitaminlarni olişini ta’minlaydi. Uni keyinçalik turli infeksiyalarga çalinişdan, ortiqça vazn va surunkali kasalliklarga duçor bölişdan himoya qiladi.

Biroq, afsuski, bugun har ikki çaqaloqdan faqat biriga tuğilganining ilk soatida kökrak tutiladi, dunyo böyiça çaqaloqlarning yarmidan kamroğigina to 6 oylikkaça töliq ona suti bilan oziqlanadi. Vaholanki, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga köra, bolani 6 oylikkaça faqat ona suti bilan oziqlantiriş lozim.

JSST ona suti bilan oziqlantiriş böyiça Lancet jurnali tayyorlagan tadqiqotni e’lon qildi. Tadqiqotda aytilişiça, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya tizimi onalarning çaqaloqlarni emizişini köproq qöllab-quvvatlaşi kerak. Buning uçun esa yetarli miqdorda haq tölanadigan onalik ta’tili kafolatlanişi kerak. Ayni paytda dunyo böyiça 650 mln ayol onalik himoyasiga ega emas.

Bundan taşqari, sun’iy sut va bolalarni oziqlantiriş mahsulotlari işlab çiqariş sanoatining notöğri marketing siyosati ota-onalarning çaqaloq katta qilişda tuşunmovçilik va qiyinçiliklarga duç kelişiga sabab bölmoqda. 

Ilmiy asoslanmagan da’volar

1970 yillarda Nestle kompaniyasining past va örta daromadli davlatlardagi qöşimça sut mahsuloti marketingini tadqiq qiliş asosida tayyorlangan “Çaqaloq qotili” (“The Baby Killer”) hisoboti e’lon qilinadi. Va şu asosida Jahon soğliqni saqlaş assambleyasi 1981 yildan boşlab ona suti örnini bosuvçi mahsulotlarni sotiş böyiça xalqaro kodeksni va keyinroq bir qança rezolyutsiyalarni işlab çiqdi. Lekin bu mahsulotlar marketingi töxtovsiz davom etmoqda. Şu marketing sabab kökrak suti örnini bosuvçi mahsulotlarning sotuvi yiliga 55 mlrd dollarni taşkil qiladi.

Lancet tadqiqoti qöşimça sut işlab çiqaruvçi kompaniyalar bolaning normal xatti-harakati bilan boğliq holatlardan marketing yölida ayyorona foydalanişayotganini qayd etadi. Masalan, sanoat suti boladagi bezovtalik va yiğlaşlarni kamaytirişini, koliklarda (çaqaloqning bezovtalanib kuçli yiğlaşi) yordam berişi, uzoq muddatli tungi uyquni ta’minlaşini ta’kidlaşadi. Lekin onalar töğri qöllab-quvvatlansa, emiziş orqali bu muammolardan bolajonlarni xalos qiliş mumkin.