G20 mamlakatlari taşqi işlar vazirlari Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida bölib ötgan sammit yakunlariga oid bayonot böyiça kelişa olmadi. Buning örniga Hindiston öz kommyunikesini çiqaradi. «Ukraina mojarosi masalasida turli iştirokçilar örtasida kelişmovçiliklar bor, biz hal qila olmagan kelişmovçiliklar bor edi», deya 2 mart, payşanba kuni Hindiston taşqi işlar vaziri Subramanyam Jayşankarning sözlaridan iqtibos keltirgan AFP agentligi.
«Vedomosti» gazetasining yozişiça, yakuniy bayonot loyihasi 24 banddan iborat edi. Ularning uçinçi va törtinçisiga Rossiya va Xitoy birgalikda qarşilik körsatdi. Loyihada Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi qoralanadi, «Ukraina hududidan (Rossiya qöşinlarini) töliq va sözsiz olib çiqib ketiş» talab qilinadi, harbiy harakatlarning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri, xalqaro huquq normalariga rioya qiliş zarurligi, qonunbuzarliklarga va yadro qurolidan foydalanişga yöl qöyilmasligi haqida söz boradi.
Öz navbatida, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov yakuniy hujjat imzolanmaganlikda Ğarb davlatlarini aybladi. Uning sözlariga köra, Ğarb G20 deklaratsiyasida «Şimoliy oqim» gaz quvurlarini portlatiş böyiça halol tergov ötkaziş zarurligini aks ettirişdan boş tortgan.
Ötgan hafta G20 moliya vazirlari ham Ukrainadagi uruş yuzasidan kelişmovçiliklar tufayli Hindistondagi yiğilişda yakuniy deklaratsiya böyiça kelişa olmagan edi.
Uçraşuv çoğida AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken va Sergey Lavrov örtasida qisqa suhbat bölib ötdi. Dpa agentligi iqtibos keltirgan Rossiya TIV matbuot kotibining sözlariga köra, «Amerika tomoni aloqa örnatişni söragan».

















