35 yoşli “Zone” öquv markazi asosçisi Bekzod Mirahmedov hamda Buxoroda “Ad Astra School” nomli öquv markazining egasi 23 yoşli Muhammadali Sodiqov Özbekistonda xalqaro ingliz tilini baholaş tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qölga kiritdi.

Ikkala qahramonimiz ham imtihonining 3 ta qismidan — Listening (tinglab tuşuniş), Reading (öqib tuşuniş) va Speaking (sözlaş)dan 9 ball, Writing (yoziş) imtihonidan esa 8 ballik natijani qayd etgan.

IELTS instruktorlari hisoblangan bu ikki yigit maksimal ballni olgani haqidagi ma’lumotni özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan.

Xususan, Muhammadali Sodiqov telegramdagi kanalida sertifikat suratini qöyar ekan, postga: “Kimningdir diqqat-eʼtiborini öğirlaşni yomon köraman, lekin bu yerda 9 ballni olgan birinçi özbek bor”, – deb yozgan.

Bekzod Mirahmedov esa instagramdagi sahifasida sertifikatni oliş jarayoniga bağişlangan videoni e’lon qilgan.