Ukrainada uruşning 374-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Moskvada ayol kişi Ukraina qurolli kuçlariga moliyaviy yordam berişda gumonlanib qölga olindi. Unga davlatga xiyonat qiliş böyiça iş oçilgan, u 12 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Qölga olingan ayol şaxsi va boşqa tafsilotlar oşkor etilmagan.
  • Sergey Şoygu Rossiyaning Ukrainada jang qilayotgan «Vostok» guruhini tekşirdi. RF mudofaa vazirligi e’lon qilgan videoda Şoygu vertolyot bortida, keyin aholi yaşaş punktidagi köçada va bino içkarisida harbiylar davrasida aks etgan. Bu video qaçon va qayerda olinganini operativ aniqlaş imkonsiz.
  • Astra va Baza manbalari Belgorod oblastidagi «Transneft» neft quvuri nimstansiyasiga kamikadze droni bilan zarba berilganini xabar qildi. Dron neft mahsulotlari saqlanadigan, lekin hujum vaqtida böş turgan rezervuarga urilgan, jabrlanganlar yöq.
  • Ukrainaga Yevroparlament rahbari Robert Metsola taşrif buyurdi. U Lvivda Volodimir Zelenskiy bilan uçraşdi. Zelenskiy Kiyev Ukrainaning YeIga a’zoligi böyiça muzokaralarni şu yildayoq boşlaşni xohlaşini aytdi.
  • 2 mart kuni Zaporijjyaga berilgan raketa zarbasi qurbonlari soni 13 nafarga yetdi.
  • Ukraina hukumati «Rossiya köngillilar korpusi»ning Bryansk oblastidagi amaliyotidan xabardor bölgan, bu haqda guruh komandiri Denis Kapustin ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, aksiyadan maqsad çegara Rossiya tomonidan qançalik yomon qöriqlanişini körsatiş, şuningdek Rossiya aholisini rejimga qarşi ilhomlantiriş bölgan.

Kun kadri. Çasiv Yar

Britaniya razvedkasiga köra, Ukraina qurolli kuçlari Donetsk oblastidagi Baxmut şahrini mudofaa qilişi tobora qiyinlaşmoqda, Rossiya armiyasi bu şaharni egallaş uçun ötgan yil yozidan buyon hujum qilmoqda. Ukraina qömondonligi mudofaani kuçaytirmoqda va hududga elita qismlarini yubormoqda, ammo RF qöşini şahar tomon siljişda davom etmoqda. Ukraina armiyasi ta’minot yöllari esa borgan sari çeklanmoqda.

Bunday yöllardan biri Baxmutdan 13 kilometr ğarbdan Çasiv Yar şahri orqali ötadi. Şu kunlarda Rossiya kuçlari Baxmutni Çasiv Yar bilan boğlovçi asosiy yöldagi köprikni portlatgan. Çasiv Yarning özi ham muntazam ravişda öqqa tutilmoqda, şahar aholisining asosiy qismi evakuatsiya qilingan, ammo şaharda odamlar qolişi davom etmoqda.

Çasiv Yarda aviazarbalar ovozini eşitib yiğlayotgan ayol