Hindiston hukumati Marion Biotech kompaniyasining yötalga qarşi siropi böyiça dunyo mamlakatlarini ogohlantirişi mumkin. Avvalroq, uşbu kompaniyaning yötalga qarşi «Dok-1 MAKS» va «Ambronol» siropidan Özbekistonda kamida 20 nafar bola vafot etgan edi.
3 mart kuni kompaniya dorilarining 36 ta namunasidan 22 tasi tarkibi laboratoriya tekşiruvidan keyin «buzilgan va qalbakilaştirilgan» deb topilgani ma’lum böldi. Şundan söng, Hindiston politsiyasi Marion kompaniyasining uç nafar xodimini hibsga oldi va yana ikki rahbarini qidiruvga bergan edi.
Marion tergovida iştirok etgan inspektor Vaibhav Babbar sözlariga köra, namunalar tarkibida etilenglikol (EG) va dietilenglikol (DG) topilgan. Uşbu moddalar öta zaharli hisoblanadi va sanoatda suyultiriş vositasi sifatida işlatiladi.
«Marion dorilari juda köp mamlakatlarga eksport qilingani sababli, boşqa joylarda ham noxuş voqea yuz bermasligi haqida duo qilaman», dedi Babbar. «Soğliqni saqlaş vazirligi ogohlantiriş berişi mumkin. Ular buni qila oladi. Ogohlantiriş berilsa yaxşi bölardi».
U ogohlantiriş böyiça iş olib borilayotganidan bexabar ekanini aytdi.
Babbar hukumatning ogohlantirişi barça mamlakatlarda mahsulotlarni savdo rastalaridan, uydagi javonlardan olib taşlanişiga sabab bölişidan umidvor. Garçi bunday ogohlantiriş heç qanday yuridik kuçga ega bölmasa-da.
Babbarning aytişiça, «zaharli» dorilar Qirğiziston va Kambojaga ham eksport qilingan.
Özbekiston dekabr oyida hind kompaniyasining yötal siroplaridan bolalar nobud bölganini e’lon qilganidan söng, Babbar Marion zavodini tört marta tekşirgan guruh a’zosi bölgan. Köp ötmay, Hindiston Marion zavodida işlab çiqariş jarayonini töxtatgan edi.
















