Estoniya parlamenti – Riygikogu saylovlarida boş vazir Kaya Kallas boşçiligidagi hukmron liberal islohotlar partiyasi ğalaba qozondi. Saylov byulletenlarining qariyb 100 foizi qayta işlangaç, Respublika saylov komissiyasi ma’lumotlariga köra, partiya saylovçilarning 31 foizdan köproq ovozini yiğib, raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirmoqda.

Mamlakat xavfsizligini mustahkamlaş, Kremlga nisbatan qat’iy siyosat va Ukrainani har tomonlama qöllab-quvvatlaş tarafdori bölgan «Islohotlar partiyasi 37 deputatlik mandatini olişi mumkin, bu 2019 yildagi avvalgi saylovlardagidan uçtaga köp.

Ikkinçi örinda Estoniyaning öng qanot populistik Konservativ xalq partiyasi (EKRE) joylaşgan bölib, unga saylovçilarning 16 foizga yaqini ovoz bergan, bu esa unga parlamentda 17 örin beradi. Uçinçi örinda 15 foizdan ortiq ovoz töplagan va 16 mandat olgan Markazçilar partiyasi.

Parlamentga yana uç partiya – yoş liberal Eesti 200 partiyasi, konservativ Isamaa («Vatan») va Sotsial-demokratik partiya kiradi. Saylovda iştirok etayotgan qolgan partiyalar beş foizlik çegaradan öta olmadi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Estoniyadagi parlament saylovlarida iştirok etganlar körsatkiçi 63,7 foizni taşkil etgan, bu taxminan 2019 yilgi saylovlar bilan bir xil. Jami 615 mingga yaqin saylovçi ovoz berdi, ulardan 301 mingdan ortiği qoğoz, 313 mingdan ortiği internet orqali ovoz berişdan foydalangan.