Rossiya Federal xavfsizlik xizmati («FSB») rossiyalik tadbirkor, «Tsargrad» kanali asosçisi Konstantin Malofeyevga suiqasdning oldi olingani haqida xabar berdi. Malofeyev bir qator rus ultravatanparvar va pravoslav ommaviy axborot vositalari bilan aloqador. Muvaffaqiyatsiz suiqasdni Ukraina tomonida jang qilayotgan «Rossiya köngillilar korpusi» (RKK) asosçisi Denis Kapustin uyuştirgani aytilmoqda. Bu haqda 6 mart, duşanba kuni «FSB» jamoatçilik bilan aloqalar markazi ma’lum qildi. 

Rossiya maxsus xizmati, şuningdek, Kapustin Ukrainada yaşab, Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») nazorati ostida iş olib borişini da’vo qilmoqda. Dalil sifatida «FSB» Malofeyevning maşinasi ostiga portlovçi modda örnatilgani haqidagi videoni, şuningdek, uni olib taşlaş videosini tarqatgan. Idora terrorçilik harakati, terrorçilik taşkiloti faoliyatida iştirok etiş va portlovçi moddalarning noqonuniy savdosi moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.

Şu bilan birga, «FSB» Kapustin va uning taşkilotini 2 mart kuni Ukraina bilan çegaraga yaqin joylaşgan Bryansk viloyatidagi qişloqlarga hujum sodir etganlikda, şuningdek, 2022 yil avgust oyida Volgograd viloyatidagi neft-gaz inşootida «diversiya va terrorçilik akti» uyuştirganlikda aybladi.

Ayni paytda, Germaniyaning Der Spiegel naşriga köra, RKK rahbari Denis Kapustin Germaniyada yaşaş uçun ruxsatnomaga ega. U oilasi bilan 2001 yilda Germaniyaga «yahudiylar yönalişi» böyiça kelgan, doimiy yaşaş uçun ruxsat olgan va Germaniyada «Denis Nikitin» nomi bilan MMA yakkakuraş turi sohasidagi öng qanot ekstremistik sahna yetakçi vakili sifatida tanilgan, deb yozadi haftalik 2019 yilda Şimoliy Reyn - Vestfaliya federal hududi rasmiylarining maxfiy hujjatlariga tayanib. 

Biznesmen Konstantin Malofeyev 2014 yildan beri Yevropa Ittifoqi va AQŞ sanksiyalari ostida. Aynan uning tuzilmalarida «Donetsk xalq respublikasi»ning vakillari - Igor Strelkov va Aleksandr Boroday işlagan.