Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiya harbiylari Ukrainadagi frontda Ikkinçi jahon uruşidan keyingi birinçi avlod tanklari va bronetransportyorlaridan foydalanyapti.
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, oğir zirhli transport vositalarining yetişmasligi tufayli rus harbiylari SSSRda 1960- va 1970-yillarda işlab çiqarilgan, Ikkinçi jahon uruşidan keyingi birinçi avlod modellarini konservatsiyadan olib taşlaşga va jangovar harakatlarda foydalanişga majbur bölyapti. 6 mart, duşanba kuni Twitter’da e’lon qilingan Ukrainadagi uruş böyiça şarhda Britaniya Mudofaa vazirligi Ukrainada vayron qilingan texnikalar 60 yil avval işlab çiqarilgan T-62 asosiy jangovar tanklari bilan almaştirilganiga işora qilmoqda.
2022 yilning yozidan buyon uşbu turdagi 800 ga yaqin tanklar ombordan olib çiqilgan, ularning bir qismi modernizatsiya qilingan va köriş tizimlari bilan jihozlangan, bu ularning tungi vaqtda samaradorligini oşirdi, deyiladi xabarda. Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, T-62 tanklari hatto Rossiya Qurolli kuçlarining asosiy tank bölinmasi bölgan 1-gvardiya tank armiyasiga ham yuborilişi mumkin. Ilgari 1-GTA «Armata» tipidagi zamonaviy tanklar bilan qurollanişi taxmin qilingan edi, deb eslatadi London.
Bundan taşqari, sönggi kunlarda 1950-yillar boşida işlab çiqilgan va 1954 yilda foydalanişga topşirilgan BTR-50 tanklari ilk bor Ukrainadagi jang maydonida köriniş berdi, deya xabar qilmoqda Britaniya Mudofaa vazirligi. Ularning işlab çiqarilişi 1970-yillarda töxtatilgan. Uşbu ikkala harbiy texnikaning «eski» modellari zamonaviy janglar şaroitida juda zaif, deb yozadi idora va ular zamonaviy reaktiv zirhga ega emasligini ta’kidlaydi.
Ayni paytda, Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi ma’lumotlariga köra, 6 mart holatiga köra, Rossiya kuçlari 3 423 ta tank va 6 703 ta zirhli jangovar texnikasini yöqotgan.

















