Boş prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga xabar berişiça, hodisa 2023 yil 2 mart kuni Yangiyer şahar tibbiyot kolleji hovlisida sodir bölgan.

Yangiyer şaharda yaşovçi, 45 yoşli fuqaro R.U. kollejning ikkinçi bosqiçida tahsil olayotgan turmuş örtoği D.U.ni oilaviy kelişmovçilik ortidan qasddan öldiriş maqsadida bir neça marta piçoq urgan. Oqibatda 40 yoşli ayol tan jarohatlari olib vafot etgan.

Şundan söng erkak sodir qilgan jinoyati uçun javobgarlikdan qoçiş maqsadida qölidagi piçoq bilan tanasining bir neça joyiga urib, öziga oğir tan jarohatlari yetkazgan.

U darhol Yangiyer şahar tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan, biroq körsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Yangiyer şahar prokuraturasi tomonidan R.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib dastlabki tergov harakatlariga kirişilgan.