Anjumanni Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev kiriş nutqi bilan oçdi.

Uçraşuvda Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston delegatsiyalari Afğonistondagi mavjud vaziyat, mamlakatdagi vaziyatni tartibga soliş va uzoq muddatli tinçlik hamda barqarorlikni örnatiş böyiça tomonlarning özaro hamkorligi, şuningdek, afğon xalqiga gumanitar yordam körsatiş masalalarini muhokama qiladilar.

Iştirokçilar Afğonistonga qöşni davlatlar maxsus vakillarining ikkinçi uçraşuvi ötkaziladigan joy va vaqtini belgilaydi hamda Afğonistonga qöşni davlatlar TIV rahbarlarining Toşkent şahrida ötkaziladigan 4-uçraşuvini ötkaziş muddati yuzasidan fikr almaşadilar.