Joriy yilning 7 mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlaşga mas’ul bölgan — Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitalarining qöşma yiğilişi bölib ötdi.

Unda yangilanayatgan Konstitutsiya loyihasini takomillaştiriş böyiça amalga oşirilgan işlar atrofliça körib çiqildi. Umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tuşganligi, takliflarning har törttasidan bittasi loyihadan joy olganligi qayd etildi.

“Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oşmoqda, Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga köpaymoqda, ya’ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda”, deyiladi qöşma yiğiliş bayonotida.

Yiğilişda Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy özgarişlarning har biri böyiça alohida-alohida töxtalib ötilib, fikr almaşilgan.

Xususan, kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalarning siyosiy-huquqiy ahamiyati, kölami va hajmidan kelib çiqib, loyihani yangi tahrirda bayon etişga barça asoslar borligi, şu bois Konstitutsiyaviy qonun loyihasi nomini “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida” deb özgartirilgani bildirilgan.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining matni davlat rahbarining Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Oliy sud rahbariyati bilan bölib ötgan uçraşuvida ham muhokama etilib, qöllab-quvvatlangan.