Aziz Abduhakimov, Tabiat resurslari vaziri

Aziz onaxonlar va opa-singillar, barçangizni köklamning eng nafis ayyomi 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy tabriklayman. 

Hayotimizga mazmun bağişlaydigan, bizni hamişa odamiylik, oliyjanoblik sari çorlaydigan, sadoqat sohibasi bölmiş siz munis ayollarning mehr-muhabbatingiz va zahmatingizni heç narsa bilan qiyoslab bölmaydi.

Bugungi muborak ayyom kunlarida Sizlarga oilaviy baxt-saodat, mustahkam soğlik, xonadoningizga tinçlik-xotirjamlik, farzandlar kamolini körib yurişingizni tilayman.

Doimo bahoriy kayfiyat va gözallik hamrohingiz bölsin.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi

Abdulla Abduqodirov, prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi boş direktorining birinçi örinbosari

Xalqimizda “jannat onalar oyoği ostida” – degan naql bor. Istardimki, har bir inson atrofidagi ayolga – onasi, singlisi, opa va qizi kabi qarasin va e’zozlasin.

Aminmanki, jamiyatda ezgulikka, tenglikka intiliş ana şunday tuşunça va harakatdan boşlanadi.

Ayollarimiz bahor quyoşidek aziz va qadrda bölişsin.

Foto: KUN.UZ

Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat va turizm vaziri

Yurtimizda bahorning eng nafis, eng gözal bayrami şukuhi hukmron. Şu munosabat bilan biz ham sohada mehnat qilayotgan xotin-qizlarimizga hurmat va ehtirom körsatib, qalbimizdagi ezgu tilak hamda niyatlarimizni bildirdik.

Zotan, dunyodagi jamiki yaxlitlik va tökislik onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz bilandir. Onalarning sokingina tebratgan beşigida ne-ne daholar ulğaymadi deysiz. Ularning allasi bilan inson olamni taniydi. Qalbiga ezgulik inadi. Ayol borki, xonadonlarimiz çaroğon, fayzli va mazmunli.

Yaxşiyamki dunyoda ayollar bor. Hayot ular bilan gözal, ular bilan mazmunli. Tasavvur qiling, agar bir kun volidangiz, ayolingiz uyda bölmasa, qay ahvolga tuşasiz? Göyo xonadoningizning fayzi qoçgandek tuyuladi. Şunday emasmi? Binobarin, tabarruk zotning közida doim quvonç, yuzida tabassum bölişi uçun biz, erkaklar ulardan şirin sözimizni, mehrimizni ayamasligimiz, umr böyi asrab-avaylaşimiz kerak.