Quvurlarni portlatiş bilan boğliq diversiya maxsus «maxfiy operatsiya» ham bölişi mumkin – keyinçalik bu jinoyatda Ukrainani ayblaş uçun, dedi vazir Stokholmda NATO mudofaa vazirlari yiğilişi oldidan Deutschlandfunk radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Bundan oldin nemis tergovçilari «Şimoliy oqim»dagi diversiya uçun foydalanilgan kemani aniqlagandi. Bu haqda 7 mart kuni Germaniyaning ARD, SWR telekompaniyalari va haftalik Die Zeit naşri xabar berdi.
Die Zeit naşrining «Izlar Ukrainaga olib boradi» sarlavhasi ostida çop etilgan xabariga köra, yaxta ikki ukrainalikka tegişli bölgan Polşa kompaniyasi tomonidan ijaraga olingan. Kema 2022 yil 6 sentabr kuni Şarqiy Germaniyaning Rostok portidan diversiya harakatlari sodir etilgan joyga ketgan. Xuddi şu joyda, portga oldindan avtomaşinada olib kelingan operatsiya uçun zarur bölgan yuklar unga ortilgan. Tekşiruv davomida ma’lum bölişiça, ertasi kuni yaxta Germaniyaning Vik-Dars kommunasida, keyin esa - Daniya Kristiansyo oroli yaqinida, Bornholmdan şimoli-şarqda bölgan.
Kema tozalanmagan holatda egasiga qaytarildi – tergovçilar yaxta salonidagi stol ustida portlovçi moddalar izlarini topdi.
Naşrning yozişiça, diversiya guruhi olti kişidan iborat bölgan: kapitan, ikki ğavvos, ikkita yordamçi va şifokor. Qayiqni ijaraga oliş va Yevropa böylab harakatlaniş uçun soxta pasportlardan foydalanilgan. Diversiyaga kim buyurtma bergani hozirça noma’lum.

















