Toşkent şahridagi Xalqaro kongress markazida «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni»ga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, mamlakat ayollariga tabrik yölladi.

– Bugun har birimiz çeksiz minnatdorlik hissi bilan Yaratganning buyuk möjizasi bölgan ayol zotiga – mehribon onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, lobar qizlarimiz şa’niga eng gözal sözlarni aytişimiz tabiiydir. Biz sizlarni eng avvalo fidoyilik timsoli deb bilamiz. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uçun sizlardan bir umr qarzdormiz, – dedi davlat rahbari.

Qayd etilişiça, bugungi kunda ayollarning uluşi tibbiyotda – 77 foizni, ta’lim sohasida – 74 foizni, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida esa 46 foizni taşkil etgan. 2 ming nafarga yaqini davlat va jamoat taşkilotlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda.

Ayollardan 17 nafari eng oliy mukofot – «Özbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan. Xotin-qizlar orasida 5 nafar akademik, oliy ta’lim muassasalarining özida 700 nafardan ziyod fan doktori, qariyb 3 ming nafar fan nomzodi, şuningdek, faxriy unvonlarga sazovor bölganlar bor.

Prezident ayollarning sifatli ta’lim olişi masalasiga töxtalar ekan, Abdurauf Fitratning «Onalar – butun başariyatning tarbiyaçilaridir» degan sözlarini yodga oldi.

Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda bu boradagi şaroitlar izçil kengaytirildi. Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz ta’lim olgan bölsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 500 ming nafarni taşkil etmoqda.

– Qanday qonun va qarorlarni qabul qilmaylik, qanday islohotlarni hayotga joriy etmaylik, davlat rahbari sifatida mening köz öngimda avvalo munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimiz siymosi, ularning dardu taşvişlari turadi. Siz, azizlarimning oila davrasida tinç-omon, soğ-salomat, farovon va baxtli turmuş keçirişingiz, jamiyat hayotida faol iştirok etişingiz uçun xizmat qilişni men özim uçun nafaqat asosiy vazifa, balki şarafli burç, deb bilaman. Çunki oila tayançi, jamiyat ustuni bölgan onalarimiz, ayollarimiz hayotdan rozi bölsa, butun xalqimiz hayotdan rozi böladi. Xalq rozi bölsa, Yaratganimiz ham bizdan rozi böladi, – deb ta’kidladi Şavkat Mirziyoyev.