Toşkent şahrida bir guruh ösmirlar tomonidan «Ryodan» harakatiga qarşi «Anti Ryodan» harakati taşkil etildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB videolavha tayyorladi.
Qayd qilinişiça, öttizdan ortiq yoşlar «Anti Ryodan» harakatini taşkil qilib, buzğunçilik ğoyalarini ilgari surayotganlarga qarşi kuraşmoqçi bölgan.
«Biz alohida guruh taşkil qildik. Uning iştirokçilari «Ryodan» harakati ğoyalari heç qanday foyda keltirmasligi va davlatga xavf tuğdirişi mumkinligini tuşunib yetdi», deydi guruh a’zosi videolavhada.
«Ryodan» harakati haqida internetdan töliqroq ma’lumot oldik. Örganiş jarayonida harakat a’zolari dinimiz, davlatimiz haqida yomon gaplar gapirganini kördik. Eng yomoni, ular köçada ketayotgan yoşlarga piçoq berib, odamlarga qarşi çiqiş kerakligini, urib piçoqlaş kerakligini uqtirgan. Şundan söng «Anti Ryodan» harakatini tuziş xayolimizga keldi. Ijtimoiy tarmoqda guruh oçdik, öttiztaça odam yiğildi. U yerga bitta «ryodan»çi qöşilib olib, yakşanba kuni barçangizni yöq qilamiz deb döq urdi», deydi guruh asosçilaridan biri videolavhada.
Toşkent şahar IIBB bunday harakatlar taşkilotçilari aholi orasida adovat va vahima uyğotişga urinayotganini ta’kidladi.
«Ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot xuruji avj olmoqda. Turli oqimlarning paydo bölişi ortidan ğarazli niyatdagi şaxslar bu oqimlarni boşqarişga, buzğunçi ğoyalarni tarğib qilişga, aholi orasida adovat va vahima uyğotişga harakat qilmoqda. Har bir holat örganiladi va qonuniy baho beriladi», deyiladi IIBB videolavhasida.
Eslatib ötamiz, şu yilning 5 mart kuni Toşkent şahrining Xalqaro forumlar saroyi binosi yonida ellikka yaqin ösmir töplanib, «Ryodan» submadaniyatiga qöşiliş haqida turli şiorlar bilan çiqişgan edi.
















