Ukraina tomonining fikriga köra, Baxmutdan keyin rus qöşinlari uzoqroqqa - Kramatorsk va Slavyanskka borişlari mumkin edi. "Şu bois yigitlarimiz şu yerda turibdi", – dedi Ukraina davlati rahbari.

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşidagi vaziyatning navbatdagi şarhida Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) Kiyevning Baxmutni himoya qilişni davom ettiriş haqidagi bayonotini tahlil qildi. 

Bu şahar na operatsion, na strategik nuqtayi nazardan fundamental ahamiyatga ega emas, deydi tahlilçilar avvalgi tahliliy şarhni eslatib.

"Ammo Ukrainaning Baxmut uçun kuraşi uşbu hududda joylaşgan rus qöşinlarining hozirgi tarkibi tufayli strategik ahamiyatga ega böldi. Baxmut jangi "Vagner" XHKning eng yaxşi kuçlarini jiddiy ravişda yöq qilişi mumkin, bu esa Rossiyani almaştiriş qiyin bölgan özining bir neçta eng samarali zarba beriş bölinmalaridan mahrum etişi ehtimoli bor, degani", deyiladi ma’lumotda.