Estoniyada Rossiya va Belarus fuqarolari qurol olib yuriş huquqidan mahrum etildi. Estoniya prezidenti Alar Karis 8 mart, çorşanba kuni qonunçilikka özgartirişlar kiritilişini ma’lum qildi, unga köra, bundan buyon faqat respublika fuqarolari, şuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo davlatlar fuqarolari qurolga ega bölişlari mumkin.
«Bundan buyon Estoniyada qurol olib yuriş uçun ruxsatnomalar faqat Estoniyada yaşaş uçun ruxsatnomaga ega bölgan yoki Estoniyada yaşaş uçun ruxsatnoma asosida istiqomat qiluvçi Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo davlatlar fuqarolariga beriladi», — deyiladi prezident devoni xabarida.
Yangi qoidalar boşqa davlatlarning, asosan Rossiya va Belarusning 683 fuqarosiga, şuningdek, Estoniyada doimiy yaşovçi 595 nafar fuqaroligi bölmagan şaxsga taalluqlidir. Ular qurollarini yo sotişlari yoki politsiyaga topşirişlari kerak, aks holda huquq-tartibot idoralari ular bilan şuğullanişni boşlaydi. Qaror jismoniy va yuridik şaxslarga ham tegişli.
Fuqaroligi bölmagan şaxslarga berilgan ruxsatnomalar unda körsatilgan muddatgaça, ya’ni köpi bilan beş yil amal qiladi. Boşqa çet elliklar uçun ruxsatnomalar bir yil muddatga amal qiladi.
Faqat eston tilini yaxşi biladigan çet el fuqarosi öqotar qurolga ruxsat oliş uçun ariza topşirişi mumkin, çunki bundan buyon öqotar qurol imtihonlari töliq eston tilida ötkaziladi.
«Qurol töğrisida»gi tahrirlangan qonun 15 martdan kuçga kiradi.

















