Hodisa oqibatida turar joy binolaridan birining hovlisida avtomaşinalar yonib ketgan, ikki jabrlanuvçi bor, ular kasalxonaga yotqizilgan. 

«Raketa hujumi tufayli energetiklar poytaxtda elektr ta’minotini avariyaviy töxtatişdi. Hozirda iste’molçilarning 15 foizga yaqini elektr ta’minotidan mahrum», - dedi Kliçko.

Bundan oldin Rossiya Ukrainaga yangi raketa zarbalari bergani xabar qilingandi.

Ukraina OAV Kaspiy dengizidan mamlakatning markaziy hududlari yönalişi böyiça raketalar qayta uçirilgani haqida xabar tarqatdi. 

Dnipro, Odessa şahri va Odessa viloyatida portlaşlar qayd etildi. Rossiya raketalari Vinnitsa, Ternopil va Xmelnitskiy viloyatlari ustida aniqlangan. Dnipropetrovsk, Mikolayiv va Odessa viloyatlarida havo hujumidan mudofaa tizimi işladi.

Butun Ukraina böylab havo trevogasi e’lon qilindi. Rossiya tomonidan Skadovsk hududidan raketa uçirilişi qayd etilgan. Odessa viloyati va Pavlogradda havo mudofaa tizimi işlab ketdi.