Legatum Institute tomonidan an’anaviy tarzda har yili tuziladigan Legatum Prosperity Index reytingida Özbekiston 100-örinni egalladi.
Uşbu reyting dunyo mamlakatlarini xavfsizlik va himoya, şaxsiy erkinliklar, boşqaruv, ijtimoiy kapital, investitsiya muhiti, tadbirkorlik muhiti, bozor infratuzilmasi, iş bilan ta’minlanganlik, soğliqni saqlaş, ta’lim, atrof muhit kabi 12 ta mezon böyiça baholaydi.
Yangilangan reytingda Özbekiston 162 ta davlat içida 100-örinni egalladi va 2022 yilga nisbatan 4 poğona kötarildi.
Özbekistonning eng yuqori körsatkiçi ijtimoiy kapital sohasiga taalluqli – 46-örin. U şaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni, institutsional işonçni, ijtimoiy me’yorlar va fuqarolarning mamlakatni boşqaruvda iştirok etişi darajasini ölçaydi.
Eng yomon körsatkiçlar — şaxsiy erkinlik (147-örin) va ekologiya (162-örin) hisoblanadi.
Ta’kidlaş joiz, reytingga köra, Özbekiston ekologiyasi eng yomon Sudan, Mavritaniya, Lesoto, Pokiston va Iroq kabi davlatlar qatoridan örin olgan.

















