Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça vitse-prezidenti Anna Berde boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Özbekiston va Jahon banki guruhi örtasidagi strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlikni, şuningdek, uşbu yetakçi xalqaro institutning mamlakatdagi islohotlar dasturini ilgari surişdagi faol iştirokini kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuv avvalida davlat rahbari Anna Berdeni yaqinda yangi lavozimga tayinlangani bilan qutladi va mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Amaliy hamkorlikning yuqori sur’ati va natijadorligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda qöşma loyihalar portfeli sezilarli darajada kengayib, 10 milliard dollardan oşdi. Bunda, 2017 yildan keyingi davrdagi moliyalaştiriş hajmining yarmi oxirgi bir neça yilda ajratilgan. Bugun Özbekiston Bankning eng yirik benefitsiarlaridan biriga aylandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vitse-prezident Jahon bankining mamlakatdagi ortga qaytmas islohotlar strategiyasini bundan buyon ham qöllab-quvvatlaşga intilişi qat’iy ekanini ta’kidladi. Bank kambağallikka qarşi kuraşiş, tadbirkorlik loyihalarini rivojlantiriş va moliyalaştiriş strategiyasini işlab çiqiş, qişloq infratuzilmasi va örta şaharlarni modernizatsiya qiliş, xotin-qizlar bandligi va yoşlarning kasbiy ta’limi, 2030 yilga qadar soğliqni saqlaş strategiyasini amalga oşiriş böyiça keng kölamli rejalarga faol kömaklaşiş niyatida.

Iqtisodiyotni karbonsizlaştiriş va muqobil energetikani rivojlantiriş, elektr energiyasi işlab çiqariş va uzatiş sohasida master-rejalar, energetik samaradorlikni oşiriş dasturi va favqulodda vaziyatlarda energotizimning barqaror işlaş rejimini işlab çiqiş, gidroenergetika loyihalariga ekspertlar kömagini va moliyalaştirişni jalb qiliş hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida belgilandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Özbekistonning iqlim özgarişlari va taraqqiyoti böyiça mamlakat hisobotini muhokama qilişga bağişlangan qöşma tadbirning yakunlari yuksak baholandi. Budjetni qöllab-quvvatlaş, yer islohoti, qişloq va suv xöjaligini moliyalaştiriş samaradorligini oşiriş hamda davlat banklari va korxonalarini xususiylaştiriş dasturini jadallaştiriş borasidagi amaliy işlarni davom ettiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.