4 millionga yaqin ukrainalik Yevropa Ittifoqidan vaqtinçalik boşpana oldi, ulardan 3 millioni 2022 yilning birinçi yarmida Yevropa Ittifoqining vaqtinçalik himoyasiga ega böldi. Uruşdan qoçgan bir milliondan ortiq ukrainaliklar allaqaçon Yevropa iqtisodiy zonasida iş bilan ta’minlangan. Bu haqda Yevrokomissiya 8 mart, çorşanba kuni uruşdan qoçgan ukrainaliklarni vaqtinça himoya qiliş böyiça maxsus direktiva qabul qilingan kunga bağişlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Boşqa toifadagi qoçqinlardan farqli ölaroq, ukrainaliklar mehnat bozoriga tösiqsiz kiriş imkoniga ega, dedi Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Şinas.

Umuman olganda, Rossiyaning keng kölamli istilosi boşlangandan beri Yevropa Ittifoqiga 16 million ukrainalik keldi. Ulardan 11 millioni keyinçalik öz vatanlariga qaytdi, Ukrainadan qoçgan yana 1 million fuqaro AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarga safarni davom ettirdi, dedi Yevropa komissari Ilva Yoxansson. Uning ta’kidlaşiça, Ukrainaga qaytganlarning bunday qarori öz vatanidagi majburiyatlari, mamlakatni himoya qiliş, oilasi bilan birlaşiş, biznesni davom ettiriş va Ukraina hayotida iştirok etiş istagi bilan boğliq.

Rossiya agressiyasidan YeIga qoçganlarning 47 foizi ayollar, 34 foizi bolalardir. Ukrainadagi barça bolalarning deyarli beşdan biri hozir Yevropa Ittifoqida yaşaydi. Ukrainadan kelgan 1,3 million boladan atigi yarim millioni Yevropa Ittifoqidagi maktablarda öqiyapti, dedi Margaritis Şinas. «Biz ularning köpçiligi Ukraina maktablarida onlayn öqişadi deb gumon qilyapmiz», dedi u va mamlakatlar rasmiylari vaziyatni baholaş maqsadida örganayotganini qöşimça qildi. Yevropa komissari ukrainalik bolalarni integratsiya uçun Yevropa Ittifoqi maktablarida öqişga çaqirdi, çunki ularning YeIda öqişi YeI a’zoligiga nomzod bölgan uruşdan keyingi Ukraina kelajagiga sarmoyadir.