Pentagon AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Haagadagi Xalqaro jinoiy sudga (XJS) Amerika razvedkasidan olingan Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlari faktlarini tasdiqlovçi ma’lumotlarini topşirganiga qarşi. 8 mart, çorşanba kuni The New York Times (NYT) naşri Oq uyning amaldagi va sobiq xodimlariga tayanib xabar berişiça, AQŞ harbiylari bu XJSga amerikaliklarni javobgarlikka tortiş imkonini beruvçi pretsedent yaratişidan taşvişlanmoqda.
Naşr suhbatdoşlariga köra, AQŞ ma’muriyatining qolgan qismi, jumladan, razvedka idoralari, Davlat departamenti va Adliya vazirligi tegişli ma’lumotlarni Haaga sudiga taqdim etiş tarafdori. NYT ma’lumotlariga köra, 3 fevral kuni AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi uşbu masala böyiça kelişuvga erişiş uçun vazirlar yiğilişini ötkazgan, biroq Pentagon rahbari Lloyd Ostin va bir qator harbiy rahbarlar öşa yiğilişda ma’lumotlarning Haagaga berilişiga qarşi çiqişgan.
Manbalarga köra, prezident Bayden hali AQŞning Xalqaro jinoiy sud bilan hamkorligi böyiça yakuniy qarorga kelgani yöq.
Tegişli ma’lumotlar Xalqaro jinoiy sud boş prokurori Karim Xon tomonidan bir yil avval boşlangan tergovga yordam berişi mumkin. The New York Times naşrining yozişiça, Amerika razvedkasi tomonidan töplangan ma’lumotlar Rossiya rahbariyatining fuqarolik infratuzilmasiga zarba beriş va bosib olingan Ukraina hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan olib ketiş qarorlari haqidagi materiallarni öz içiga oladi.

















