Bahodirjon Siddiqov «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi manba Kun.uz'ga xabar bermoqda. Ayni ma’lumotni Davletovuz kanali manbasi ham tasdiqlagan.
Bahodirjon Siddiqov2017−2018 yillarda «Özbekneftgaz» AJ raisi örinbosari bölgan, 2019 yil fevralidan 2020 yil yanvarigaça «Özbekneftgaz»ga rahbarlik qilgandi.
Sönggi vaqtlarda u Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Yoşlik konini özlaştiriş böyiça loyiha ofisi rahbari lavozimida işlab kelgan. Gazeta.uz naşri e’tibor qaratişiça, fevral oyi boşida u Özbekiston va Qozoğiston energetika vazirlari Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi rahbari bilan Sankt-Peterburgda bölib ötgan uçraşuvida Özbekiston delegatsiyasi tarkibida bölgan edi.
Bahodirjon Siddiqovning mehnat faoliyati
- 1999–2000 – «ÖzLITIneftgaz» AJ texnik xodimi;
- 2001–2004 – «ÖzLITIneftgaz» MXK muhandis-konstruktor, kiçik ilmiy xodim;
- 2004–2006 – 1-toifali muhandis va «ÖzLITIneftgaz» bölimi boşliği v.b;
- 2006–2007 yillarda – «Öztyajneftgazximproyekt» Davlat loyiha instituti loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini baholaş bölimi boşliği;
- 2007–2009 – Iqtisodiyot vazirligi yoqilği-energetika kompleksini rivojlantiriş boşqarmasi boşliği;
- 2009–2010 yillarda – «Özbekneftgaz» qoşidagi «Neftegazinvest» DK direktori;
- 2010–2011 yillarda – Uzbekistan GTL QK korporativ masalalar böyiça direktor örinbosari;
- 2011–2012 – Uzbekistan GT QKning korporativ masalalar böyiça direktori;
- 2012–2016 yillar – Uzbekistan GT QKda moliya direktori;
- 2016–2017-yillarda «Özbekneftgaz» prognozlaş, resurslar va investitsiya dasturlari boş boşqarmasi boşliği – «Neftegazinvest» MÇJ direktori;
- 2017–2017 yillarda – «Özbekneftgaz» AJ istiqbolli rivojlaniş va investitsiyalar boşqarmasi boşliği – «Neftgazinvest» direktori;
- 2017–2018 yillarda – «Özbekneftgaz» boşqaruvi raisining istiqbolli rivojlaniş va investitsiyalar böyiça örinbosari;
- 2018–2019-yillarda – Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil boşqarmasi boşliği.

















