Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara Örinboyeva Telegram-kanalida jamoatçilikni avtomototransport vositalari bilan boğliq notarial harakatlarni amalga oşirişda uzilişlar kuzatilişi mumkinligi haqida ogohlantirarkan, bunga IIV elektron bazasidagi muammo sabab bölayotganini bildirgan.

“Ma’lumki, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni rasmiylaştirişda zarur hujjat va ma’lumotlar “yagona darça” tamoyili asosida tegişli idora va taşkilotlardan elektron tarzda olinadi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining tegişli elektron bazasida texnik uzilişlar kuzatilayotganligi sababli, notariuslar tomonidan uşbu axborot tizimidan avtomototransport vositalari bilan boğliq ma’lumotlarni oliş imkoniyati çeklanmoqda.

Şu munosabat bilan avtomototransport vositalari bilan boğliq notarial harakatlarni amalga oşirişda uzilişlar kuzatilişi mumkin. Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz”, deyiladi rasmiy munosabatda.

IIV va JXD YHXX rasmiy saytida yoki boşqa platformalarda mazkur muammo yuzasidan hozirga qadar heç qanday izoh berilgani yöq.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabrida Telegram-kanallarida hakerlar jamoasi Toşkent şahar IIBB YHXB saytiga hujum uyuştirib, ma’lumotlar bazasidagi jarimalarga oid 60 mingta ma’lumotdan 27 mingtasini qölga kiritişgani, şundan mingdan ortiq jarimalar öçirib yuborilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot haqiqatga mos kelmasligini bildirgandi.

2021 yil noyabrda ham Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining jarimalar elektron bazasi kiberhujumga uçragani haqida audioyozuv tarqalgandi. YHXBB buni rad etib, ikkita baza integratsiya qilinayotgani sababli “ayrim nosozliklar” röy berayotganini bildirgandi.

Öşa yili 5 iyul kuni ham soat 14:05 dan 6 iyul soat 12:30 gaça YHXX tasarrufidagi elektron tizimlar işlamay qolgan, qariyb bir kunlik tanaffusdan söng YHXB bazasi faoliyati