Xitoy rahbarining kelasi hafta Moskvaga borişi haqida dastlab Kremlda xabar qilindi va keyin Xitoy Taşqi işlar vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Rossiyaning uçraşuv töğrisidagi bayonotida muzokaralar çoğida «har tomonlama şeriklik va strategik hamkorlik» masalalari muhokama qilinişi aytilgan.

«Si Jinping prezident Putin bilan ikki tomonlama munosabatlar, şuningdek, umumiy xavotirli bölgan asosiy xalqaro va mintaqaviy muammolar (...) yuzasidan keng kölamli fikr almaşadi va ikki tomonlama munosabatlar rivojiga yangi turtkini beradi», dedi Xitoy TIV vakili Van Venbin.

Xitoy prezidenti Moskvaga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan beri ilk bor taşrif buyurmoqda, biroq bölajak uçraşuvning ilk xabarlarida na Moskva, na Pekin muhokama mavzusi uruş ekanini töğridan töğri tilga olgan.

Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Ukraina hali ham suhbat mavzularidan biri bölib qolişini aytdi.

«Albatta, Ukrainadagi mojaro muhokama qilinadi. Biz Xitoy rahbariyatining bu boradagi vazmin, ölçovli pozitsiyasini yuqori baholaymiz, Xitoyning kelişuv rejasidan xabardormiz», dedi Uşakov.

Putin ötgan yil oxirida onlayn muzokaralar çoğida Si Jinpingni Moskvaga taklif qilgandi. Ammo Xitoy rahbari öz nutqida taklifga javob bermagan edi.

Xitoy Taşqi işlar vazirligi avvalroq Pekin Ukrainadagi uruş böyiça «xolis va adolatli» pozitsiyaga intilayotgani, şuningdek, Kiyev va Moskva örtasida tinçlik muzokaralarini örnatişda konstruktiv rol öynaşga tayyorligini ta’kidlagan edi.

Xitoyning «tinçlik rejasi». Ğarb bunga şubha bilan qaraydi

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişining bir yilligi munosabati bilan Xitoy Rossiya va Ukraina örtasidagi mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş rejasini taqdim etdi. Reja 12 ta, jumladan: «harbiy harakatlarni töxtatiş», «töğridan töğri muloqotni tiklaş», «barça mamlakatlar suverenitetini hurmat qiliş», «bir tomonlama sanksiyalarni tugatiş» kabi bandlardan iborat.

Ğarb davlatlari bu rejaga şubha bilan qaramoqda va Pekin odatda Kreml qarorlari va pozitsiyasini qöllab-quvvatlaşga moyil ekanini ta’kidlamoqda.