Uluğbek Şodibekov dösti Farhod Mannopovning vafoti haqidagi savollarga javob berdi
|03:22 / 17.03.202376 74911 min
“Mittivine” jamoasi a’zosi Uluğbek Şodibekov marhum dösti, loyiha asosçisi Farhod Mannopovning sönggi kunlari, tösatdan röy bergan ölim, nima uçun operatsiya şoşilinç qilingani, bemor hayotini saqlab qoliş uçun nimalar qilingani haqida gapirib berdi.
Foto: Videodan kadrFoto: Videodan kadr
Uluğbek Şodibekov bu mavzuda “Chotki Tv” YouTube-kanaliga intervyu bergan.
Farhodning jarohatlanişi qanday röy berdi?
— Basseynga berilgan kartamiz ança oldin berilgandi. Ammo u yerga bormayotgandik. Farhod jarohat olgan kuni qönğiroq qilib, şu basseynga boraylik, çömilaylik deb qoldi. Bu taklif menga ham ma’qul böldi.
U suv tagida suzişni yaxşi körardi. Borganimizdan keyin u bilan suv içida suratga tuşdik. U payt hali burnini jarohatlab olmagandi. Suratni unga körsata turib: “Örtoq, qara, qaysi birimiz ötib qolsak, esdalikka zör surat bölib qolarkan-a” deb aytdim. Bu gap qayerdan xayolimga kelganini, nima uçun bu gapni aytganimni bilmayman. Bu gapimdan Farhodning jahli çiqdi. “Töğri gap gapirsang-çi”, deb aytdi.
Şundan keyin u basseynga tuşib ketdi. Men saldan keyin unga qöşilişimni aytdim. Bir payt uning oğriqdan ihragan ovozi eşitildi. Nima böldi deb söragandim, boşimni urib oldim deb aytdi. Boşida men buni jiddiy qabul qilmadim, közingga qarab suzmaysanmi deb uning ustidan kuldim. Keyin qarasam körinişi yaxşimas. Oldiga yugurib bordim.
Boşini basseyn çetiga qattiq urganidan peşonasiga kafel izi tuşib qolgandi. Burnining usti şilingan, tişi aralaş oğzidan ozgina qon çiqayotgandi. Darrov muz olib kelib jarohatiga bosdik.
Odatda, biz bilan nima holat bölişidan qat’i nazar buni videoga olib auditorimizga bölişamiz. Bu biz uçun bir sarguzaşt. Oyoğimiz yoki qölimiz sinişi auditoriya uçun qiziq. Şu sababli Farhodning ustidan kulib holatni videoga oldik.
Şifokorni kim tavsiya qildi?
— Farhod Mannopovning burnini operatsiya qilgan şifokorni basseyndagi noma’lum yigit tavsiya qildi, uning telefon raqamini berdi. Mana şu kişiga boring, yaxşi mutaxassis dedi.
Basseynda birpas ötirib çiqib ketdik. Men yaqin atrofdagi klinikaga boramizmi deb öylagandim, lekin Farhod Star Med'dagi şifokorga qönğiroq qilibdi. Aytişlariça, unga birdaniga telefon qilib tuşiş muammo ekan, odamlar qabuliga kiriş uçun navbat kutib turişarkan. Lekin u bizga vaqt ajratib, kelaveringlar deb aytdi.
Darrov yetib bordik. Farhod jarohat olganidan roppa-rosa bir soat ötgan vaqtda klinikada edik. Farhod savollarini berdi, döxtir ularga javob berdi. Operatsiya pulini gaplaşdik, muddatini kelişdik. “Ertaga ertalab kelasiz, tahlillar topşiriladi, şifokorlar körigidan ötiladi” deyişdi.
Mavzuga oid
Öşa kuni kun böyi köçada yurdik. Reklama uçun roliklar oldik. Boşqa işlarimizni qildik. Keçki payt tuğilgan kunga bordik. Undan çiqib Counter Strike ham öynadik. Şu burun, şu oğriq bilan. Hammasi yaxşi edi. Tungi soat birlarda tarqaldik. “Ertalab sakkizda klinikaga yetib borişim kerak ekan, tekşiruvlardan ötib turaman, orqamdan soat ön birlarda kel” deb aytdi Farhod menga.
Aytilgan vaqtda yetib bordim. U bilan oxirgi videolarimni oldim. Ustidan kulib hazillaşdim. Men bu operatsiyani jiddiy deb öylamagandim. Tez tugaydigan yengil operatsiya deb öylagandim. Öz oyoği bilan çiqib keladi deb öylagandim. Bunday bölişi xayolimga ham kelmagandi.
“Hozir operatsiyaga kirib ketaman. Soat uçlarda palatada bölarkanman” dedi. Men 12 gaça klinikada ötirdim. Juma kuni edi. Ammo negadir soat ön ikkidan ötsa ham uni operatsiyaga olib kirib ketişmadi. Farhodni operatsiyaga kirişdan oldin videoga olişim kerak edi. Juma namoziga keç qolmay deb çiqib ketdim. Qaytib kelganimda operatsiyaga kirib ketgan ekan. Operatsiyaga kirişdan oldin menga SMS-xabar va ovozli xabar yuborgan ekan.
Operatsiya nega şoşilinç qilindi?
— Farhod kasalmidi? Yöq. Özining oyoği bilan yurib borgandi klinikaga. Bu yerda faqat meditsina aybdor deb hisoblayman.
Operatsiya jarohat olingan kunning ertasiga belgilanganiga kelsak, Farhod bilan Dubayga ketişimiz kerak edi. Şuning uçun şifokordan operatsiyani tezroq qilişning iloji bormi deb söragandik. Döxtir bizga: “Yöq, miyangda hali qanaqadir oğriqlar bor, boşingni MRT qildiriş kerak, burningni yaxşilab tekşirişimiz kerak, allergiyang haqida ma’lumot olişimiz kerak” deganda, biz unga qarşi çiqmagan bölardik.
Bu narsani döxtir bizga aytişi kerak. U: “Sen mana bunday ahvoldasan, operatsiyani mana bu paytda qilamiz” deyişi va Farhodni operatsiyaga tayyorlaşi kerak edi.
Farhodning allergiyasi bor edi. Çang havoda köp aksirardi. Çetga çiqqanimizda maza qilib yurardi. Yomğirli, qorli havoda maza qilib yurardi.
“Komaga tuşib qolganini 6 soat yaşirişdi”
— Farhod soat uçda operatsiyadan çiqib palataga ötkazilişi kerak edi. Soat tört böldi, beş böldi, olti böldi hamki operatsiyadan çiqmadi. Klinikaning oldida heç qayerga ketmasdan kutib ötirgandim. Farhodning onasi va rafiqasi ham şu yerda edi. Boşqa heç kimga aytmagandik operatsiya bölayotganini.
Operatsiya qilayotgan şifokorning yordamçisiga qönğiroq qilsam, u: “Boşqa bemorlar kelib qolgani uçun operatsiya çözilyapti” deb aytdi. Buni qanday tuşuniş kerak?! Bitta bemor operatsiya qilinayotgan joyda boşqasi kelib qolsa uni taşlab boşqasiga ötib ketilmasa kerak. Oxiri tinmasdan nima bölyapti özi deb sörayverganimizdan keyin soat 20:30 da komaga tuşib qoldi deb aytişdi.
Keyin bilsak, operatsiya boşlanganidan 1 soat-u 42 minut ötganda muammo yuzaga kelgan. Ya’ni Farhodda, şifokorlarning aytişi böyiça, doriga reaksiya kuzatilgan. Bu soat 14:30 ga töğri keladi deb olsak, bizga uning komaga tuşganini 20:30 da aytişdi. Ya’ni 6 soatdan keyin.
Komaga tuşib qolibdi degan xabarni eşitganimdan keyin avvaliga qotib qoldim. Keyin operatsiya xonasigaça yugurib kirdim. U yerdagi holatni söz bilan tasvirlab berolmayman. Komaga tuşgan odamni birinçi marta körişim. Yana u eng yaqin dösting bölsa, juda oğir bölarkan.
Agar vaziyat haqida bizga vaqtliroq aytilganda boşqa döxtirlarni olib kelgan bölardik, ularning yordami tekkan bölardi.
“Farhodning yuragi uç marta töxtab qolgan”
— Töğri, bu ajal, yozilgan umri şu yergaça bölgan, bu borada heç qaçon bahslaşmayman. Ammo nima uçun operatsiya boşlangaç bir soatu 42 minutda çiqqan muammo haqida 6 soat ötib aytişlarini tuşunolmasam kerak.
Bu payt içida Farhodning yuragi uç marta töxtab qolgan. Hamma a’zolari “otkaz” bergandan keyin bizga xabar berişyapti. Bu vaqtning içida ular nimani öylaşgan, nimani rejalaştirişgan, faqat özlariga va xudoga ayon.
Keç soat 9-10larda eng yaxşi döxtirlarni olib kelişni boşladik. Kelgan döxtirlar vaziyatni tuşunib olişi va yordam berişi uçun operatsiya qilganlar ularga kerakli ma’lumotlarni berişi kerak. Ular bir qança tibbiy uskunalarning nomini aytib, şular bormi deyişganda klinikada bu narsalar yöqligi ma’lum böldi. Dorilarni söraşdi, ular ham yöq ekan.
Keyin bemorning yuragi neça minut töxtab qoldi, bu juda muhim deb söraşdi. Adaşmasam, yurak 6-7 minutdan köproq töxtab qolsa, miya öçarkan, keyingi urinişlar foydasiz bölarkan, odamning heç qaysi a’zosi işlamay qolarkan. Ming u öziga kelgan taqdirda ham tirik-ölikka aylanarkan, faqat közlari oçiq turarkan, miyasi işlamas ekan.
Yordamga kelgan şifokorlar şu narsani bilib turib klinikadagi anesteziologdan şu haqda sörayapti, u 1-2 minut urmay qoldi deyapti, aniq javob bermayapti.
Taşqaridan çaqirilgan şifokorlarning menga aytişlariça, Farhodning isitmasi çiqayotganini ham keç bilib qolişgan. Ular narkozda işlatgan dori reaksiya berib, bemorning qon bosimi tuşib ketgan, şifokorlar uning qon bosimini kötariş bilan ovora bölib qolişgan. Bu orada öpkaga qon ketgan. Qonni töxtatamiz deb uning issiğiga qaraşmagan. Tana harorati 42 darajagaça kötarilib ketgan. Öpka, jigar, buyrak va yurakni işdan çiqarib bölganlaridan keyin bizga xabar berişgan.
U yerda qon tekşiradigan uskuna ham yöq ekan. Har yarim soatda K6 degan tahlil topşirilişi kerak ekan. Qonning holatidan kelib çiqib ahvol yaxşilanyaptimi yoki yomonlaşyaptimi bilişarkan va şunga qarab muolaja tayinlanarkan. Har yarim soatda şu narsa uçun Bunyodkordan Paxtakor metro tarafga qatnadim. Qonni yetkazaman, tahlil javobini olişim bilan suratini telegramdan yuboraman. Ertalabgaça 8-10 marta qatnadim öşa joyga. Ertalab öşa jihozni topib klinikaga keltirdim.
Özimiz olib kelgan şifokorlar, mutaxassislar Farhodning hayotini saqlab qoliş uçun oxirigaça kuraşişdi. U yerdagi şifokorlar esa, qöpol qilib aytganda, öyindan çiqib ketişdi. Bizga yuragi qança muddatga töxtab qolganini aniq aytişganda şunga qarab harakat qilişardi.
Şu orada klinikadagilar bilan urişib ketdim. Heç bölmasa obrölaring uçun harakat qilinglar dedim ularga. Na taşqaridan kerakli tibbiy jihozlarni olib kelişdi, na qöşimça mutaxassislarni yordamga çaqirişdi. Çunki ular nima bölganini allaqaçon bilişardi, şuning uçun na klinika muassisi, na şifokorlardan heç qanday harakat bölgani yöq. Barçasiga özimiz yugurdik.
Hamma ekspertiza natijasini kutyapti
— Qayerga boriş kerak bölsa, kim bilan gaplaşiş kerak bölsa, haqiqat yuzaga çiqişi uçun hammasiga tayyorman. Xudo xohlasa, buning uçun oxirigaça kuraşaman.
Ikki haftadan bir oygaça muddatda ekspertiza javoblari çiqişi kerak ekan. Uning natijasiga qarab prokuratura tegişli çoralarni körarkan.
Boşida operatsiyada qatnaşgan döxtirlar qamaldi degan ma’lumotlar tarqaldi. Keyin heç kim qamalmagan deyildi. Hozirça heç kim qamalmaganiga sabab aynan qaysi şifokor xato qilganini biliş kerak ekan. Bu esa ekspertiza natijasi asosida ma’lum bölarkan.
Bizga birinçi berilgan javob Farhodda anafilaktik şok kuzatildi deb aytilgandi. Ya’ni doriga reaksiya kuzatilgan. Bu böyiça tayinlangan tekşiruv natijasi eng tezi 15 kunda çiqarkan. Hamma öşa javobga qarab turibdi hozir. Köriladigan çoralar ham şunga boğliq, ölimga nima sabab bölgani ham şundan keyin çiqib keladi. Bunda kimning aybi bölgan, uni qutqarib qoliş imkoni bormidi, şu kabi savollarga javob topiladi.
Eslatib ötamiz, Soğliqni saqlaş vazirligi Star Med klinikasi faoliyatini 14 martdan e’tiboran 10 kunga töxtatgan. Jinoyat işini Çilonzor tuman prokuraturasi tergov qilmoqda.