AQŞ prezidenti Jo Bayden 17 mart, juma kuni Vladimir Putin «uruş jinoyatlarini aniq sodir etgani» va Haagadagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga oliş uçun order berilgani asosli ekanini aytdi. «Biroq, muammo şundaki, bu butun dunyoda, jumladan bizda ham tan olinmaydi. Lekin menimça, bu juda kuçli bayonot», - deya Baydenning sözlarini keltiradi Reuters.
Xalqaro jinoiy sudning qarorlari uni 1998 yilda taşkil etgan xalqaro şartnoma - Rim statutini imzolagan davlatlar uçun majburiydir. Gap 123 ta davlat, jumladan Yevropaning barça mamlakatlari, Janubiy Amerika, şuningdek, Tojikiston, Janubiy Afrika, Afğoniston, Markaziy Afrika Respublikasi va Nigeriya haqida bormoqda. Biroq, ular orasida Qöşma Ştatlar ham, Rossiya ham yöq.
AQŞ Milliy xavfsizlik Kengaşi matbuot kotibi Jon Kirbi öşa kuni keçqurun CNN telekanalida nutq sözlab, Putin AQŞga kelgan taqdirda XJS orderi böyiça hibsga olinadimi, degan savolga javob berişdan boş tortdi. Kirbi Rossiya prezidentining bunday taşrifini «ehtimoli kam» deb hisoblaşini aytdi.
Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olişga order bergani haqida 17 mart, juma kuni XJS saytida xabar berilgan. Sud Rossiya prezidentini harbiy jinoyatlarda, xususan, Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilişda gumon qilmoqda. Putin «uşbu jinoyatlar uçun bevosita, boşqa şaxslar bilan birgalikda yoki boşqa şaxslar orqali, şuningdek, uşbu harakatlarni sodir etgan fuqarolik va harbiy xizmatçilar ustidan tegişli nazoratni amalga oşirmagani uçun jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin», deyiladi xabarda.
Xuddi şunday hibsga oliş orderi Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham çiqarilgan. XJS qarorida aytilişiça, Haaga sudi «u yuqoridagi jinoyatlar uçun şaxsan jinoiy javobgarlikka tortiliş uçun yetarli asoslarga ega, çunki u bu qilmişlarni bevosita, boşqa şaxslar bilan birgalikda va/yoki boşqa şaxslar orqali sodir etgan».
Xalqaro jinoiy sud qarori Bryussel va Kiyevda olqişlandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy fuqarolarga keçki videomurojaatida Putinning hibsga olinişi haqidagi orderni «tarixiy qaror, bundan tarixiy javobgarlik boşlanadi» deb atadi. Ayni paytda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Rossiya prezidenti u uçun persona non grata emasligini va haligaça Putin bilan muhim masalalarni hal qiliş uçun gaplaşişga tayyorligini aytdi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinni hibsga oliş uçun XJS orderining çiqarilişini ğazablantiruvçi, qarorning özini esa ahamiyatsiz, deb atadi.














