“Kanallar şahri”, “Suzuvçi şahar” kabi nomlar bilan ataluvçi Italiyaning gözal şahri Venetsiya haqida eşitmagan odam bölmasa kerak. Italiyaning şimoli-şarqida joylaşgan şahar 118 ta kiçik orollardan taşkil topgan va kanallar bilan ajratilgan. Şaharni 400 dan oşiq köpriklar boğlaydi. Suv ustida qurilgan şahar turistlar uçun doim qiziq bölgan.

Alohida orolçalardan taşkil topgan Venetsiya köpriklar bilan yaxlit holatga kelgan va suv transporti orqali istalgan manzilga boriş mumkin.

Biroq Venetsiyaning öziga xos manzarasi joriy yil qiş fasli oxirida xavfda qoldi. Venetsiyaning maşhur kanallari qurişi kuzatilgan. Gap şundaki, Italiyaga qurğoqçilik xavf solyapti. Qiş oylaridagi haftalab davom etgan qorsiz ob-havo iqlimşunoslar va ekologlarni taşvişlantirib qöygan. Sababi bu qişda Alp toğlariga odatdagi me’yoriy qorning yarmidan kamroği töplangan. Bu esa ötgan yilgi yozda kuçli qurğoqçilikni körgan olimlarning jiddiy xavotiriga sabab bölyapti.
Ötgan yili yozda Italiyada kuzatilgan kuçli qurğoqçilik sabab mamlakat şimolidagi 5 ta ştatda favqulodda holat e’lon qilingandi.

Ötgan yilgi qurğoqçilik fonida Venetsiyada ham suv kamayib ketişi kuzatilgan. Suv sayozlaşib ketgani sabab şaharning bir qança maşhur kanallarida gondolalar, (suvda harakatlanadigan qayiq turi) suv taksilari, “Tez yordam” xizmati harakatlanişi imkonsiz bölib qolgan.

Şaharning suvsizlanişiga qator omillar — yomğir kam yoğayotgani, dengiz oqimlari kabilar sabab bölgan deb hisoblanyapti.














