Samarqandda advokat firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar xabar berdi.
Manbaga köra, Toyloq tuman prokuraturasi advokatlar hay’ati advokati I.Q. tumanning Navzandak mahallasida yaşovçi I.D.dan uy-joy kadastr hujjatlarini tayyorlab berişni va’da qilib, 200 AQŞ dollari va 500 ming söm pul olganligi aniqlangan.
Şuningdek, advokat fuqaro N.I.ni qamoqdan çiqarib berişni va’da qilib, uning yaqinlaridan 10 ming AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan va öz ehtiyojlariga işlatib yuborgan.
Samarqand viloyat prokuraturasi holatni tasdiqladi va 2023 yil 14 mart kuni I.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Oldinroq Navoiy şahridagi advokatlar hay’ati advokati tergov qilinayotgan jinoyat işini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali fuqaro foydasiga ijobiy hal qilib beriş evaziga 7500 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangandi.
















