«Ular buni hali qilmadi. Lekin, albatta, men bundan xavotirdaman», dedi u Vaşingtonda jurnalistlarga. 

Bayden Vladimir Putinning tegişli bayonotini «xavfli gaplar» deb atadi.

Avvalroq Belarus Taşqi işlar vazirligi Rossiya taktik yadroviy qurollari uçun maxsus ombor qurilişi nima uçun Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga (YaQş) zid emasligini tuşuntirdi. Tegişli bayonot 28 mart kuni Belarus TIV saytida e’lon qilindi. 

Muayyan öq-dorilar bilan samolyotlarni boşqarişga qodir belaruslik uçuvçilarni tayyorlaş, bunday samolyotlarni modernizatsiya qiliş, şuningdek, Belarus hududida yadro kallaklarini ular ustidan nazoratni Minskka ötkazmasdan joylaştiriş, şuningdek, tegişli texnologiyalardan foydalaniş «heç qanday tarzda YaQşning I va II moddalari qoidalariga zid kelmaydi», deb körsatilgan Taşqi işlar vazirligi izohida. 

«Belarus va Rossiya örtasidagi harbiy hamkorlik qat’iy xalqaro qonunlarga muvofiq amalga oşirilmoqda», deya ma’lum qildi Minsk va qöyilayotgan qadamlar «yangilik» emasligini qöşimça qildi. 

25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarusda rus taktik yadro qurollarini joylaştiriş uçun maxsus ombor qurilişi 1 iyulda yakunlanişi kerakligini ma’lum qildi. Önta samolyot uşbu turdagi qurollardan foydalanişga tayyor, «Iskander» taşuvçi kompleksi topşirildi, dedi Putin. Unga köra, ekipaj maşğulotlari 3 apreldan boşlanadi.