Belarus Taşqi işlar vazirligi Rossiyaning taktik yadro qurollari uçun maxsus saqlaş omborini quriş «YaQşning I va II moddalari qoidalariga zid emasligini» ma’lum qildi.
Belarus Taşqi işlar vazirligi, Minskning fikriga köra, Rossiya taktik yadroviy qurollari (YaQ) uçun maxsus ombor qurilişi nima uçun Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga (YaQş) zid emasligini tuşuntirdi. Tegişli bayonot 28 mart, seşanba kuni Belarus TIV saytida e’lon qilindi.
Muayyan öq-dorilar bilan samolyotlarni boşqarişga qodir belaruslik uçuvçilarni tayyorlaş, bunday samolyotlarni modernizatsiya qiliş, şuningdek, Belarus hududida yadro kallaklarini ular ustidan nazoratni Minskka ötkazmasdan joylaştiriş, şuningdek, tegişli texnologiyalardan foydalaniş «heç qanday tarzda YaQşning I va II moddalari qoidalariga zid kelmaydi», deb körsatilgan Taşqi işlar vazirligi izohida.
«Belarus va Rossiya örtasidagi harbiy hamkorlik qat’iy xalqaro qonunlarga muvofiq amalga oşirilmoqda», deya ma’lum qildi Minsk va qöyilayotgan qadamlar «yangilik» emasligini qöşimça qildi.
Belarus Taşqi işlar vazirligi mamlakat hududida yadro qurolini joylaştiriş rejalarini «öz xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini mustahkamlaşga qaratilgan majburiy javob harakatlari» deb atadi.
25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarusda rus taktik yadro qurollarini joylaştiriş uçun maxsus ombor qurilişi 1 iyulda yakunlanişi kerakligini ma’lum qildi. Önta samolyot uşbu turdagi qurollardan foydalanişga tayyor, «Iskander» taşuvçi kompleksi topşirildi, dedi Putin. Unga köra, ekipaj maşğulotlari 3 apreldan boşlanadi.
Siyosiy tahlilçi Artem Şraybman avvalroq Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş global darajaga – Rossiya va NATO örtasidagi töqnaşuvlarga kötarilsa, bunday vaziyatda Belarus nişonga aylanişi mumkinligi haqida fikr bildirgan edi.
«Bu qurollar qançalik kuçli ekanligiga qarab, yaqin atrofdagi şaharlar va butun mamlakat aholisi uçun tahdid. Belarus potensial jang maydoniga aylanadi, bu asosiy xavf», dedi u.

















