Bu qanday video?

27 mart kuni Rossiya ta’siridagi naşrlar, telegram-kanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarda videoregistratorda olingan video tarqala boşladi. Unda Ukraina qurolli kuçlarining identifikatsiya (taniş) belgilari aks harbiy libosdagi odamlar göyoki tinç aholi vakillari bölgan maşinani töxtatişadi — ayol va uning yoş bolasi (lekin kadrda faqat «harbiylar» köringan). Formadagi odamlar avtomobil egasini u göyoki harbiy texnikalar kolonnasini quvib ötgani uçun haqorat qila boşlaydi (masalan, «maraz» deb ataydi), unga tahdid qiladi, rus tilida gapirmaslikni talab qiladi va öt oçadi. Öqlar aynan qayerga tekkani — aniq emas.

Videoda nimalarni köriş mumkin?

Rolik noma’lum ayol boşqaruvidagi maşinaga örnatilgan videoregistratorda olingan. S’yomka boşida ekranning öng burçagida vaqt va kun körsatilgan — 2023 yil 24 mart, soat 12:17. Video boşida ayolni Ukraina qurolli kuçlari belgilari aks etgan maşina quvib ötadi (orqa oynada Ukraina bayroği, yukxonada — teng qirrali oq xoç aks etgan). Harbiylar signal çalişadi, ayolni yöl çetiga siqib qöyişadi va töxtaşga majbur qilişadi.

Ayol asabiylaşadi va çaqaloğini tinçlantirişga urinadi (videoda tili endi çiqa boşlagan bolaning noaniq ğuvranişi va yiğisi eşitiladi, ammo kadrda u ham, uning şartli onasi ham köriniş bermaydi). Ukraina qurolli kuçlarining «pikselli» harbiy formasida bölgan va niqob taqqan kişilar maşinadan çiqişadi, ulardan biri ayolning avtomobiliga yaqinlaşib kelib, uni «yaramas» deb ataydi va u nega «texnikalar kolonnasi»ni quvib ötgani va «uning odamlari»dan birini «urib yuborişiga sal qolgani»ni söraydi.

Keyin u hujjatlarni taqdim etişni söraydi, avtomobil tomiga urib, «tezroq, tezroq» deb baqiradi. Keyin, ayol öz hujjatlarini «harbiy»ga berganidan söng, u uning familiyasini öqiydi — «Mustafayeva Aida Sapferovna».

Şundan keyin formadagi odam ayolga tahdid qiladi va «çöçqa tili»da — ya’ni rus tilida gapirmaslikni, — balki Ukrainaning «davlat tili»dan foydalanişni talab qiladi.

Keyin kadr ortida öq ovozlari eşitiladi (öqlar qayerga ketgani — noayon), ayol maşinasida yoş bola borligini aytib baqiradi va bas qilişni söraydi. Formadagi şaxs bir neça öq uzib, şerigi kutib turgan maşina tomon ketadi — şerigi ham niqobda (ayol va bolasi bu vaqtda tinmay yiğlab turadi).

Formadagi kişilar öz maşinasiga çiqişadi, qayrilib ayolning avtomobili oldiga kelib yana töxtaşadi va keyin kadrdan ğoyib bölişadi. Rolik şu yerda tugagan.