Yanvar oyida Federal jazoni ijro etiş xizmati rahbari Arkadiy Gostev «Rostex» boş direktori Sergey Çemezovga maktub yöllab, unda mahkumlar mehnatini davlat korporatsiyasi ehtiyojlari uçun mahsulot işlab çiqariş va yetkazib berişga jalb qilişni taklif etgan. Bu haqda 29 mart, çorşanba kuni «Kommersant» gazetasi xabar berdi.
Davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi korxonalar «FSIN»ning taklifini körib çiqadi. Gazetaning «Rostex»dagi manbasi «[mahbuslar] işçi kuçi raketalar yoki samolyotlarni yiğişda bevosita iştirok etmasligini, biroq hamkorlik variantlari köp sohalarda işlab çiqilayotganini» aytdi.
Mahbuslar yuqori malaka talab qilmaydigan işga jalb etilişi mumkin, deydi «Kommersant» suhbatlaşgan ekspertlar. Masalan, ta’minot idişlari yoki maxsus kiyimlar yetkazib beriş, obektlarni qurişda iştirok etiş. Mahkumlarning xizmatlaridan aviatsiya sanoati yoki telekommunikatsiya sohasida yakuniy mahsulot işlab çiqarişda foydalanilişi dargumon. Ammo uskunaning tarkibiy qismlarini işlab çiqariş uçun bunday ssenariy amalga oşişi ehtimoldan yiroq emas, ayollar mehnati ham talabga ega bölişi mumkin.
2017 yilda birinçi marta «Rostex» «FSIN» bilan kelişilgan holda sud tomonidan ayblov hukmi çiqarilgan şaxslarni iş bilan ta’minlaş niyatida ekanligi ma’lum böldi. Davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi «Uralvagonzavod» (UVZ)da bir qator işçi mutaxassisliklari (tokarlar, frezerlar, burğilovçilar, mexanik yiğuvçilar va boşqalar) böyiça 250 nafar mahkumni iş bilan ta’minlaş rejalaştirilgan edi.
2022 yilda Adliya vazirligi mahkumlarni qurol saqlanadigan yoki işlab çiqariladigan taşkilotlarda mehnatga jalb qilişni taqiqlovçi buyruq çiqardi, deb yozadi «Kommersant».


















