Yuzdan ortiq rossiyalik şifokorlar jinoiy iş qözğatilişini va Yamal-Nenets avtonom okrugidagi koloniyada muxolifatçi Aleksey Navalniyning ölimiga aloqador «FSIN» xodimlarini javobgarlikka tortişni talab qildi. «Şubhasiz, Aleksey Navalniyning ölimi Federal jazoni ijro etiş xizmati xodimlarining öz vazifalariga beparvolik bilan munosabatda bölişi natijasida sodir bölgan», deyiladi 26 avgust, duşanba kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasiga möljallangan bayonotni imzolagan 106 şifokor xatida.

Şifokorlar Navalniyning «kasalligi» böyiça Tergov qömitasi qarorini tahlil qildi

Şifokorlar Tergov qömitasining siyosatçi bevasi Yuliya Navalnaya tomonidan e’lon qilingan, uning ölimi yuzasidan jinoiy iş qözğatişdan boş tortgan qaroriga işora qilmoqda. Uşbu hujjatda muxolifatçining ölimining rasmiy sababi «qöşma kasallik: qon tomirlari va organlarning şikastlanişi bilan keçadigan gipertoniya, miya şişi, öpka şişi rivojlanişi bilan kuzatilgan diffuz miokardioskleroz» deb nomlanadi. 

Bundan taşqari, bunday organlarning şikastlanişi «qon bosimi sezilarli darajada oşişi hamda uzoq muddatli gipertoniya bilan rivojlanadi», deydi bayonot mualliflari. Ularning eslatişiça, Navalniy muntazam ravişda jazo kamerasiga yuborilgan va har bir bunday holatdan oldin u tibbiy körikdan ötişi kerak edi. Bunda muqarrar ravişda qon bosimining sezilarli darajada oşişi aniqlanişi va «gipertenziv terapiya buyurilişi kerak edi». 

«Ammo, Alekseyga gipotenziv terapiya buyurilmagan, mavjud tibbiy qarşi körsatmalarga qaramay, u muntazam ravişda jazo kamerasiga jönatilgan, bu oxir-oqibatda (taqdim etilgan qarorga köra) öpka şişi, miya şişi, qorinça fibrilatsiyasi va ölim kabi jiddiy gipertenziya asoratlarining rivojlanişiga olib keldi», - deydi şifokorlar.

Navalniy ölimining rasmiy sababi aytildi, jinoiy iş qözğatiş rad etildi

Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy ölimidan 6 oy ötib, Tergov qömitasi rasmiy qarorni çiqardi. Uning xotini Yuliya Navalnaya tomonidan e’lon qilingan uşbu hujjatga köra, Navalniyning ölimida jinoiy alomatlar yöq.

Qayd qilinişiça, ölimga aritmiya va «bir qança kasalliklar yiğindisi» sabab bölgan. Şuning uçun Tergov qömitasi siyosatçining ölimi böyiça jinoiy iş qözğatişdan boş tortgan.