Rossiya Federal jazoni ijro etiş xizmatida (FSIN) kadrlar yetişmovçiligi 23 foizga yetdi — bu 53 ming 975 ta vakant lavozim borligini anglatadi.
Idora direktori Arkadiy Gostevning sözlariga köra, kadrlar yetişmovçiligi ayniqsa, alohida hududiy bölinmalarda kuzatilmoqda. Xususan, 16 ta mintaqada kiçik boşqaruv kadrlarining yetişmovçiligi 40 foizga, 29 tasida esa 30 foizdan oşadi. Tula oblastida bölsa vaziyat yanada murakkab: u yerdagi lavozimlarning 55 foizdan ortiği böş. Smolensk oblastidagi ta’lim va rejim bölinmalarida deyarli har ikkinçi vakansiya yopilmagan, Moskvada esa qöriqlaş bölinmalarida şu kabi holat kuzatilmoqda.
«Umumiy vaziyat şundayki, işdan böşatilayotgan xodimlar soni xizmatga qabul qilinayotganlardan 30 foizga köp. Işdan böşatilgan xodimlarning 45 foizdan ortiği pensiyaga yoşiga yetmagan», — deydi Gostev.
Kadrlar yetişmovçiligi borasidagi vaziyat Rossiya Içki işlar vazirligida ham kuzatilmoqda. IIV tizimida kadrlar yetişmovçiligi 172 ming kişini taşkil etadi. Öz navbatida Putin kadrlar muammosi va politsiyaçilarning pul ta’minoti masalasini hal etişni buyurgan.
Şunga qaramay, Rossiya aholi jon boşiga töğri keladigan politsiyaçilar soni böyiça dunyoda yetakçi. 2024 yilda har 100 ming rossiyalikka 643 nafar IIV xodimi töğri kelgan. Taqqoslaş uçun: Xitoy, Hindiston va AQŞda uşbu körsatkiç mos ravişda 120, 128 va 256 nafarni taşkil etadi.

















