Tesla va SpaceX boş direktori Ilon Mask, Apple asosçisi Stiv Voznyak va mingdan ortiq ekspertlar ilğor sun’iy intellekt (AI) rivojlanişini töxtatişga çaqiruvçi oçiq xatni imzoladilar. Maktub matni Future of Life Institute tomonidan çop etildi. 

Maktub mualliflari sun’iy intellekt işlab çiquvçilarni OpenAI kompaniyasining GPT-4 çatidan kuçliroq tizimlarni rivojlantirişni kamida 6 oyga töxtatişga çaqirişdi. Maktubni imzolagan ekspertlar umumiy xavfsizlik protokollari örnatilgunga qadar işlab çiqiş jarayonlari töxtatilişi kerak, deb hisoblamoqda. Ularning fikriga köra, agar rivojlantiriş jarayonini tezda töxtatib bölmasa, rasmiylar «aralaşib, moratoriy qöyişi kerak». 

Maktub mualliflarining fikriça, hatto «qudratli raqamli ong»ni yaratuvçilar ham ularni boşqara olmaydi va zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari odamlar bilan raqobatlaşa boşlaydi. 

«Biz aniqlab olaylik: maşinalar bizning axborot kanallarimizni taşviqot va yolğon bilan töldirişiga ruxsat berişimiz kerakmi? Biz barça işlarni, şu jumladan qoniqiş keltiradigan işlarni avtomatlaştirişimiz kerakmi? Biz noinsoniy ongni rivojlantirişimiz kerakmi? Ular oxir-oqibatda son jihatdan bizdan özib ketişi, bizni aldaşi va almaştirişi mumkin. Biz sivilizatsiya ustidan nazoratni yöqotiş xatariga duç kelişimiz kerakmi?», deyiladi maktubda. 

Reuters xabariga köra, OpenAI boş direktori Sem Altman xatni imzolamagan.