Toşkent şahar Şayxontohur tumani Toşkent halqa aylanma yölida yonğin sodir böldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa böyiça rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Bugun, 30 mart kuni soat 14:04 da Şayxontohur tumani «Ibn Sino» MFY, Toşkent halqa aylanma yöli köçasida joylaşgan plastmassa mahsulotlarini saqlaş omborida yonğin sodir bölayotgani töğrisida şahar FVBga xabar xabar tuşgan.

Şunga köra, 7 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 14:06 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 14:51 da qurşab olingan hamda soat 15:23 da bartaraf etilgan.

Yonğin oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagan.

Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.