Xitoy yetakçisi Si Jinping uruşga tayyorlanayotganini aytdi. Xitoy parlamenti va uning oliy siyosiy maslahat organining mart oyida bölib ötgan yillik yiğilişida Si Jinping uruşga tayyorlik mavzusiga töxtalib ötgan, bir holatda öz generallaridan «jang qilişga jur’at etişni» söragan, deb yozdi Foreign Affairs.
Uning hukumati, şuningdek, Xitoyning mudofaa budjetini 7,2 foizga oşirganini e’lon qildi, bu qiymat sönggi ön yil içida ikki baravar köpaydi.
Naşrning ta’kidlaşiça, «Xitoyning uruşga tayyorligini» tasdiqlovçi boşqa belgilar qatorida 1 mart kuni Kommunistik partiya jurnalida «Si Jinping boşçiligida armiya kuçayadi va ğalaba sari olğa boradi» sarlavhali esse çop etilgan. Maqolada Xitoy qurolli kuçlarini xususiy kompaniyalar va fuqarolik institutlari hisobidan modernizatsiya qilişga qaratilgan islohotlarni jadallaştiriş zarurligi aytilgan.
Bundan oldin ham, Xitoy rahbarlari ehtimoliy mojaroni rejalaştirgan bölişi mumkinligiga işoralar bor edi. Dekabr oyida Pekin Xalq Ozodlik Armiyasiga (XOQ) zaxira kuçlarini osonroq joylaştiriş va uruş holatida jangovar qismlarni töldiriş tizimini taşkillaştiriş imkonini beruvçi yangi qonunni e’lon qildi. Tahlilçilarning qayd etişiça, bunday çoralar Si Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi muvaffaqiyatsizliklaridan saboq olganini anglatadi.
Dekabr oyidan beri Xitoy hukumati butun mamlakat böylab, jumladan Pekin, Fujian, Xubey, Xunan, Içki Möğuliston, Şandun, Şanxay, Siçuan, Tibet va Uxanda köplab milliy mudofaa safarbarlik ofislarini oçdi. Şu bilan birga, Tayvan böğozining narigi tomonida joylaşgan Fujian provinsiyasidagi şaharlarda bomba boşpanalarini va kamida bitta «uruş davridagi tez tibbiy yordam şifoxonasi»ni quriş yoki modernizatsiya qiliş boşlandi, deb xabar berdi Xitoy davlat matbuoti.
Şuningdek, iste’foga çiqayotgan boş vazir Li Ketsyan 2023 yilga möljallangan 1,55 trillion yuan (taxminan 224,8 milliard dollar) qiymatidagi harbiy budjetni e’lon qildi, bu ötgan yilga nisbatan 7,2 foizga köpdir. Li, şuningdek, «uruşga tayyorgarlik»ni kuçaytirişga çaqirdi.
Ğarb ekspertlari uzoq vaqtdan beri Xitoy mudofaa xarajatlarini kamaytirib körsatayotganiga işonişadi. Masalan, 2021 yilda Pekin mudofaa uçun 209 milliard dollar sarflaganini aytdi, ammo Stokgolm xalqaro tinçlik tadqiqot instituti haqiqiy körsatkiçni 293,4 milliard dollar deb baholadi. Hatto Xitoyning rasmiy körsatkiçi ham AQŞning Tinç okeani şartnomasi böyiça barça ittifoqçilarining (Avstraliya, Yaponiya, Filippin, Janubiy Koreya va Tailand) harbiy xarajatlaridan oşib ketadi.

















