Kun.uz ixtiyoriga Navoiy viloyati Miyonqol mahallasidagi 24-umumiy örta ta’lim maktabining informatika xonasida olingani aytilayotgan video kelib tuşdi. Videoda 6 nafar öquvçi qiz kompyuter xonasida ötirgani, partadagi daftarda telefon raqamlar röyxati yozilgani, röyxatning bir qismidagi raqamlar ustidan çiziq tortib öçirib çiqilgani körinadi.
Video muallifi xonadagi 8-sinf öquvçilari aslida bu vaqtda kimyo darsida bölişi kerakligini, lekin öquvçilar “Taşabbusli budjet”da ovoz yiğişga jalb qilinganini aytadi. U navbatçi xodim bilan (videolavhada uşbu öqituvçi ham bor) holat yuzasidan dalolatnoma tuzişini bildirgan.

Kun.uz manbasiga köra, bu maktabda 900 nafar bola ta’lim oladi. Maktab 2018 yilda dastur asosida töliq ta’mirdan çiqarilgan hamda sport zal qurib berilgan. Şuningdek, ta’lim maskani ötgan yili ham “Taşabbusli budjet”ga loyiha qöyib, ğolib bölgan – sinf xonalarga kameralar örnatilib, mini-stadion qurilgan.
Maktabning bu yilgi taşabbusi – quyoş paneli örnatiş, maktab qozonxonalarini ta’mirlaş, maktab oşxonasini jihozlaş, faollar zali uçun 150 ta yarimyumşoq stul va demonstratsion stollar, ma’naviyat va ma’rifat xonasi uçun 2 ta konditsioner, 1 ta rangli, 1 ta uçtasi birda printer va 2 dona ovozkuçaytirgiç xarid qiliş, texnologiya va musiqa xonalarini zamonaviy öquv-amaliyot qurollari bilan ta’minlaş, 25 dona elektron-sensorli doska, motokultivator, payvandlaş asbobi, polietilen payvandlaş dazmoli, elektr arra, 2 dona dvijokni öz içiga oladi.
Oldinroq Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi maktablardan birida öquvçilar dars tugamay, ustozlari tomonidan pul olib keliş uçun uyiga jönatilgandi. Holat ma’lum bölgaç, maktab direktori vazifasidan ozod etildi.

















