Kun.uz muxbiri sana munosabati bilan Toşkent köçalarida ota-onalar va öquvçilar orasida sörovnoma ötkazdi. Dastlab bolalar bilan suhbatlaşib, ularning oxirgi marta kimning qaysi kitobini mutolaa qilgani bilan qiziqdik.
Sörovnomada qatnaşgan aksariyat maktab yoşidagi bolalar badiiy kitob emas, ertaklar öqişini aytdi.
«Men unça kitob öqimayman. Kitob öqigim kelmaydi-da»,– deydi bir maktab öquvçisi.
Bolalar orasida kitobxonlarini ham uçratdik. Misol uçun bir bolakay Junayd Suavining «Oilasiga nur kiritgan farzand» nomli kitobni mutolaa qilayotganini aytsa, boşqa bir bola Xudoyberdi Töxtaboyevning «Sehrli qalpoqça»sini öqiganini ta’kidladi.
Ota-onalar esa sörovnoma davomida farzandlari kitob öqişi yoki öqimasligi, bu jarayonda ular qançalik iştirok etayotgani, qolaversa, sönggi kunlarda bolalar öqimay qöygani haqidagi xavotirlari haqida gapirdi.
«Bolalarim matematika, arifmetika kabi fanlar bilan şuğullanadi. Hozir şularga oid kitob qidirib yuribman. Badiiy kitob öqişmaydi. Kitoblarni özlari öqişadi, men qatnaşmayman. Darsdan taşqari böladigan maşğulotlari uçun kitob olib beraman, lekin badiiy kitob olib berganimça yöq, çunki qiziqişmaydi.
Haqiqatan ham bolalar kitob öqimay qöydi. Bizning vaqtda kitob öqişardi, biz ham mutolaa qilardik. Menimça, bolalarning kitob öqimasligiga smartfonlar sabab bölmoqda», – deydi sörovnomada iştirok etgan onalardan biri.
Sörovnoma vaqtida turli fikrlar yangradi. Fikrlar turfa bölişi tabiiy hol. Ammo şunisi aniqki, bolalarning kitob öqişiga e’tibor beriş, ularni şu maşğulotga qiziqtiriş, rağbat beriş muhim. Zero, kitob farzand kamolotida katta rol öynaydi.
















