Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan Sodiqjon Boboyeviç Sodiqov Xorazm viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
1979 yilda tuğilgan S. Sodiqov 1-Toşkent davlat tibbiyot instituti Urganç filialini tamomlagaç, mehnat faoliyatini 2006 yilda Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialida kardiolog-şifokor sifatida boşlagan.
2009–2010 yillarda «Salomatlik-2» va «Ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş» qöşma loyihasining viloyat byurosi direktori sifatida işlagan. Şuningdek, 2010–2021 yillarda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining umumiy va iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari bölib xizmat qilgan.
S. Sodiqov uşbu lavozimga tayinlanguniga qadar Xorazm viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.
- Xorazm viloyati SSBga 2020 yil dekabridan buyon Inoyat Hajiyev rahbarlik qilib kelayotgandi.
Xorazm viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining tegişli buyruği bilan Kupalbay Raimberdiyeviç Tangriberdiyev viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi boş şifokori lavozimiga tayinlandi.

1976 yilda tuğilgan K.Tangriberdiyev 2000 yil 1-Toşkent davlat tibbiyot instituti Urganç filialini tamomlab, uşbu muassasada kafedra assistenti, Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida şifokor vazifalarida işlagan.
Keyinçalik viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi «Salomatlik-2» va «Ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş» qöşma loyihasining viloyat byurosi direktori, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, boşqarma boşliği (2020 yilga qadar) kabi qator mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
Uşbu mutaxassis tayinlovga qadar Xonqa tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği sifatida faoliyat körsatayotgan edi.


















